background
logotype
image1 image2 image3

Afolatli hukm

Bir odam temir qafasdagi yo‘lbarsga rahmi kelib, uni chiqarib yubordi. Yo‘lbars esa uni yemoqchi bo‘ldi. “Yaxshiligimga yomonlik qilasanmi?” dedi odam. Yo‘lbars: “Yo‘limizda uchraydigan uch jonzotdan bu masalani hal qilib berishni so‘raymiz”, dedi.

Yo‘llarida birinchi bo‘lib qushni uchratishdi. Bo‘lgan voqeani eshitgan qush odamdan qasdini olish uchun (chunki uning bolalari qushlar iniga tosh oti­shardi) yo‘lbars odamni yeyishi kerak, degan hukm chiqardi.

So‘ngra quyonni uchratishdi. Quyon ham shunday hukm chiqardi, sababi – odamning bolalari quyonlarni inidan quvlashardi. Oxiri ular tulkiga duch kelishdi. Voqeadan xabardor bo‘lgan  tulki:

– Yo‘lbars turgan qafas qaerda edi? — dedi.

Qafas yoniga borishdi, yo‘lbars qanday turganini ko‘rsatish uchun  u yerga kirdi. Shunda tulki undan:

– Qafasdan chiqishga qodir emasmiding? – deb so‘radi.

– Ha.

Keyin odamga qarab:

– Eshik qanday qulflangan edi? – dedi.

Odam mana bunday edi, deb eshikni qulfladi.

Shunda tulki:

– Masalaning javobi aniq. Insof va adolat bilan yo‘l­bars qafasda qolishini, odam esa oilasiga qaytishini hukm qilaman... – dedi.

Zamira Qosimova tarjimasi

“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 7-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.