background
logotype
image1 image2 image3

Vaqf nima?

Savol: Tarix kitoblarida o'tmishda maktab, madrasa, shifoxona va masjidlar uchun katta-katta vaqflar ajratilgani haqida yozilgan. Vaqf o'zi nima? Shu haqda ma'lumot beringlar, iltimos.

Javob: «Vaqf» - lug'atda «tutib turish», «to'xtatish» ma'nolarida keladi. Vaqfning shar'iy ta'rifi borasida turli fikrlar bildirilgan. Biz bu yerda fatvo bilan quvvatlangan ta'rifini keltirish bilan kifoyalanamiz: «Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlashdir». Ya'ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvchining mulkidan chiqadi va Alloh mulkiga aylanadi. Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvchi uni vaqf etishda tayinlagan jihatga (masalan, talabalar, musofirlar, kambag'allar kabi) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga abadiy bo'ladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bo'lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.