Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?
Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?
Javob: Abdurahmon ibn Sa'iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!»
Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi.
Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?
Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy (yomon) tushlardir. Ba'zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, deyilgan. Abu Sa'id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Ro‘za kitobi
- Namozdan keyingi zikrlar
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2023 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.