background
logotype
image1 image2 image3

Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi...

Savol: «Salla mo‘min bandalarning toji», deyishadi. Sizlardan iltimos, salla o‘rashning shariatimizdagi hukmi va unga taalluqli masalalarni yoritsangiz.

Javob: «Sahihi Buxoriy»ning Badriddin Abu Muhammad Ayniy sharhida (10-juzi) salla haqida vorid bo‘lgan hadislar keltirilgan. Jumladan, Abu Muso rivoyat qilgan hadisda salla o‘rash sunnat ekanligi ta'kidlanadi.

Fuqaholar salla borasidagi masalalarni yoritib, bu borada quyidagilarga rioya etish sunnat, deydilar: sallaning matosi oq bo‘lishi, uzunligi yetti gazdan kam bo‘lmasligi (5 metr), tahorat bilan tik turib qiblaga yuzlanib o‘rash, salla o‘rayotganda salovot aytib turish, salla pechini uning pastki qismidan chiqarish, sallani o‘rab bo‘lgach, ko‘zguda tekshirish.

Shuningdek, sallani tarqatishda (yozishda) uni bir yo‘la tarqatib yubormay, o‘ramlarni aylantirib tarqatish ham sunnat, deydilar fuqaholar.

Sallaning qora matodan bo‘lishi mustahabdir. Chunki Payg‘ambarimiz umrlarida bir bor qora salla kiygan ekanlar.

Mazkur kitobda quyidagi hadisi sharif vorid bo‘lgan: «Hazrat Alining o‘g‘illari Hasan (Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin): «Men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda qora salla kiyib, pechini ikki yelkalari o‘rtasidan tushirganlarini ko‘rdim», deb aytdilar».

Sallaning pechi chap kiftga emas, balki ortga, ikki yelka o‘rtasiga tashlanadi. Bu sunnatdir. Pech miqdori uch tutam bo‘lishi kerak.

Salla bilan o‘qilgan ikki rakat namoz sallasiz o‘qilgan yetmish rakat namozdan a'lodir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.