background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘pincha siqilib ketaman, odamlarning hammasiga nafratim oshadi...

Savol: Ko‘pincha siqilib ketaman, odamlarning hammasiga nafratim oshadi, shunda dunyo va yashash ko‘zimga xunuk ko‘rinib ketadi. Bundan qanday qutulish mumkin?

Javob: Hayot go‘zaldir. Unga noto‘g‘ri muomala qilishimiz, yoki undagi go‘zallik o‘rinlarini bilmasligimiz, uning go‘zalligini bizdan to‘sab qo‘yadi. Ayrim paytlarda kishilarda bo‘lib turadigan yurak siqilishi xatodan yoki omadsizlikdan va yoki shunga o‘xshash boshqa sabablardan bo‘ladi.

Bu holatdan qutulish va qalbni xotirjam qilish mumkin. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Agar qalbga nur kirsa, u kengayadi va ochiladi». «Buning alomati nima, ey Rasululloh?» deb so‘raganlarida: «Abadiy diyorga yuz burish va aldov diyordan uzoqlashishdir», deya javob qilganlar.

Shunday paytlarda o‘zingizga ilm talabini va ma'rifatni lozim tuting. Bu mutolaa va tinglash bilan bo‘ladi. Chunki ma'rifat ufqni kengaytiradi, bo‘shliqni to‘ldiradi. Shu bilan birga mo‘'tadil va o‘rtahol ibodatga harakat qiling. Chunki ibodat zohir va botinni poklaydi. Undagi munojot g‘amdan forig‘ qiladi, tashvishdan xalos etadi. Odamlarga go‘zal muomala va yaxshi munosabatda bo‘lishga intiling. Chunki yaxshilik qilish rohatlarning rohatidir. Xilvat yerlarga borib, nafsingizga ruhiy riyozat uchun vaqt ajrating. Bu zikr, namoz, duo, rajo (umid) va iltijo bilan bo‘ladi. Chunki Aliyyul-a'lo - Alloh eshigiga bosh urish g‘am-alamni yo‘qotadi, qalbni tinchlantiradi. U eshituvchi va ijobat etuvchi zotdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.