background
logotype
image1 image2 image3

Duodan keyin qo‘llar bilan yuzni siypaladi. Shariatda buning hukmi nima?

Savol: Duodan keyin qo‘llar bilan yuzni siypaladi. Shariatda buning hukmi nima?

Javob: «At-Toj al-Jome' lil-usul» kitobining hoshiyasida keltirilishicha, duoning odoblari quyidagilardir:

1.Qiblaga yuzlanish, chunki u - tomonlarning eng sharaflisi va ibodatlar jihatidir.

2. Allohning hamdi, tasbeh va sanosi bilan boshlamoq.

3. Boshida va oxirida Payg‘ambar (s.a.v.)ga salavot aytmoq.

4. Duoda qo‘lni ko‘tarmoq va so‘nggida u bilan yuzni siypamoq.

5. Talabda azmli, so‘rashda doimiy va ijobatga komil ishonchli bo‘lmoq.

Duoda yuzni siypash haqida ikki hadis vorid bo‘lgan.

Birinchi hadis Umar (r.a.)dan rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) duoda qo‘llarini ko‘tarsalar, to yuzlarini siypamaguncha tushirmas edilar». Buning ma'nosi, bu ishni duoda ikki qo‘lga yog‘gan Alloh taoloning rahmatini tabarruk sanaganlaridan qilar edilar.

Ikkinchi hadis Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinib, unda Nabiy (s.a.v.) aytadilar: «Allohdan kaftingizning ichi bilan so‘rang, yuzi bilan so‘ramang, Agar duodan forig‘ bo‘lsangiz, ular bilan yuzingizga mash qiling».

Demak shariatda duo qilganda yuzni siypash bor. Ammo bunda e'tibor ixlosli bo‘lish va halol yeyish, harom qilingan ishlardan saqlanish, Allohning buyruqlarini bajarish kabi shartlargadir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.