background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zan kasal qo‘y va mollarni so‘yishga to‘g‘ri keladi...

Savol: Ba'zan kasal qo‘y va mollarni so‘yishga to‘g‘ri keladi. Qo‘y va mollar bo‘g‘ilib qolgani, kaltaklangani, tepalikdan yiqilgani yo mashina urib ketgani oqibatida oyoqqa turolmaydi va so‘yiladi. Ularning go‘shti halol bo‘ladimi?

Javob: Kasal qo‘y va molni bo‘g‘izlash paytida tirikligi ma'lum bo‘lsa, bo‘g‘izlangach, go‘shti halol bo‘ladi. Ammo pichoq tortilayotgan paytda u tirik yo o‘likligiga shubha uyg‘onsa, qaraladi: so‘yilganda tanasi qimirlasa, og‘zini yo ko‘zini yumsa, oyoqlarini yig‘ib olsa yoki junlari tikkaysa, go‘shti yeyiladi. Aksincha, so‘yilganda og‘zini yo ko‘zini ochsa, oyoqlarini cho‘zib yuborsa yoki junlari yotib qolsa, go‘shti yeyilmaydi. Bo‘g‘ilib qolgan, kaltaklangan, tepalikdan yiqilgan yo mashina urib ketgan qo‘y va mol hali o‘lmagan bo‘lsa, bo‘g‘izlangach, go‘shti halol bo‘ladi («Hadiyyatus-su'luk»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.