«Alloh» o‘rniga «Tangri» desa bo‘ladimi?
Savol: «Alloh» o‘rniga «Tangri» desa bo‘ladimi?
Javob: Bizning ota-bobolarimiz musulmon bo‘lishlaridan avval ham yaratuvchi zot borligiga ishonib yashar edilar. Har qavmning o‘ziga xos diniy e'tiqodi mavjud bo‘lgan. Turkiy xalqlar yaratuvchi zot sifatida «Tangri»ga ishonar edi. Bu so‘z «ibodat qilinadigan zot» ma'nosida bo‘lib, arab tilidagi «Iloh», frantsuzchadagi «Dieu», fors tilidagi «Xudo» va inglizchadagi «God» bilan ayni ma'noni ifoda qiladi. Ammo bu so‘z Yaratuvchining butun asmoul husnasini (go‘zal ismlarini) o‘z ichiga olgan va ismi zot bo‘lgan «Alloh» so‘zining ma'nosini bera olmaydi. «Alloh» deganda qudrati butun koinotda aks etgan benazir bir zot tushuniladi. Ya'ni, u zot ma'budi mutlaq, xoliqi mutlaq, maqsudi mutlaq, razzoqi mutlaq bo‘lgan Allohning xos ismidir.
«Tangri» deyilganda yunonliklar Zevsni, misrliklar Anis buqasini va hindlar o‘zlarining sigirlarini tushunadilar. Shuning uchun ham bir inson «Alloh» o‘rniga «Tangri»ni ishlatsa xato qilgan bo‘ladi. Zero, bizning tangrimiz Alloh, ammo ilohimiz Tangri emas. Shu tufayli «La ilaha illalloh» deymiz, ammo «La Alloha illalloh» deya olmaymiz. Ko‘rib turganimizdek, avvalo butun «ilohlar, tangrilar» inkor qilinib, so‘ngra ma'budi mutlaq bo‘lgan Alloh bordir, deyilmoqda.
«Mavludi sharif» muallifi Sulaymon Chalabiy bu ikki kalima orasidagi farqni quyidagi baytlarida juda chiroyli ifoda qilganlar:
«Birdir Alloh, undan boshqa Tangri yo‘q».
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.