background
logotype
image1 image2 image3

Tobe'inlar kimlar?

Savol«Tobe'inlar» degan so‘zni ko‘p uchratamizUlar kimlar?

Javob«Tobe'in» so‘zi lug‘atda «itoat, bo‘ysunish» ma'nolarida keladi. Istilohda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarini ko‘rgan musulmonlar «tobe'in» yoki «tobe'iy», deyiladi. Tobe'inlarni ko‘rganlar esa «taba' tobe'inlar», deyiladi. Ular uch tabaqaga: kubro, vusto, sug‘roga bo‘linadi. Kibor tobe'inlardan yetti kishi «Yetti faqih olim», deb nom olishgan, ularning hammasi Madina ahlidirlar. Bular - Said ibn Musayyab (eng afzal tobe'in), Qosim ibn Muhammad, Urva ibn Zubayr, Xoraja ibn Zayd, Abu Salama ibn Abdurahmon, Ubaydulloh ibn Ataba, Sulaymon ibn Yasar.

Kufa ahli Uvays Qoroniyni, Basra ahli Hasan Basriyni eng ulug‘ tobe'in, deb atashgan. Alqama ibn Qays, Muhammad ibn Sirin, Mujohid, Ikrima, Qatoda, Ash-Sha'biy, Az-Zuxriy, Umar ibn Abdulaziz, Ato, Ibrohim an-Naxa'iylar mashhur tobe'inlardan sanaladi. Hafsa binti Sirin, Amra binti Abdurahmon, Ummu Dardo esa eng ulug‘ tobe'in ayollardir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.