background
logotype
image1 image2 image3

Sayyidimiz Odam (a.s.)ning qabrlari qayerda?

Savol: Sayyidimiz Odam (a.s.)ning qabrlari qayerda?

Javob: Odam (a.s.) - bashariyat otasidirlar. Alloh u zotni O‘zi bevosita yaratdi va unga farishtalarni sajda qildirdi. Jannatda yashatib, hamma narsaning ismini o‘rgatdi. Zurriyotlarini ikrom etdi va o‘zlarini birinchi payg‘ambar qildi.

Hadis va tarix kitoblarida kelishicha, Odam (a.s.) ming yil yashaganlar. Ibn Kasir «Al-Bidoya van-Nihoya» kitoblarida naql qilishlaricha, Odam (a.s.)ni yuvish, kafanlash va dafn etishni farishtalar bajarganlar. Lekin dafn etish joyi haqida ixtilof qilingan. Mashhur fikr shuki, u zot o‘zlari jannatdan tushgan yer - Hindistonning bir tog‘iga dafn qilinganlar. Bir fikrga ko‘ra, Makkadagi Abu Qubays tog‘iga ko‘milganlar.

Aytilishicha, to‘fon zamonida Nuh (a.s.) Odam va Havvo (a.s) larni bir tobutga yuklab, Baytul-maqdisga dafn etganlar.

Odam (a.s.)ning qabrlari haqida rivoyatlar shunday so‘zlaydi. Ishning haqiqatini esa, Aliym va Xobiyr - Alloh biladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.