background
logotype
image1 image2 image3

Nega hilol tanlangan?

SavolIslom ramzi sifatida yangi chiqqan oy (hiloltanlanganini bilamizNega oy tanlangani vabu narsa qachon joriy etilgani haqida ma'lumot berolmaysizlarmi?

JavobAlloh taolo oyni O'zi bilgan qonun va hikmat bilan kechalari nur sochib yoritib turishi uchun yaratgan. Alloh taolo oyni yaratish bilan bandalarning yillar sanog‘ini va vaqt hisobini bexato olib-bilib yurishlarini iroda etgan. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir necha hadislar vorid bo‘lgan. Husayn ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Makkaning amiri xutba qilib: «Rasululloh bizlarga ibodatlarni oyni ko‘rib ado etishni... amr qilganlar», dedi (Abu Dovud va Doraqutniy rivoyatlari).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U (oy)ni ko‘rib ro‘za tutinglar va uni ko‘rib ochinglar», deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Islom ramzi sifatida hilolning tanlanishiga usmoniylar davridagi voqealar sabab bo‘lgan. 1453 yili Sulton Muhammad Fotih Vizantiyaning yuragi sanalmish Qustantaniya (hozirgi Istanbul) shahriga yurish boshladi. Islom tarixida hal qiluvchi jangni boshlash payti qilib osmonda oy ko‘rinishi belgilandi. So‘ngra hilol chiqishi bilan hujumga o‘tildi va bu muhim shahar fath etildi. Fotihlar shundan keyin oy suvratlarini bayroqlariga tushirishdi.

U paytda usmonlilar xalifalikni hali qo‘lga olishmagan edi. 1516 yili Sulton Salim Birinchi Islom o‘lkalari ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritdi. Bayroqdagi oy suvrati ham usmonlilar orqali boshqa musulmon yurtlarga ramz o‘laroq tarqaldi.

Hozirgi paytda jahondagi o‘n uchta mamlakat - Jazoir, Komor orollari, Mavritaniya, Malayziya, Maldiv, Ozarboyjon, Pokiston, Singapur, Tunis, Turkiya, Turkmaniston, O'zbekiston, G'arbiy Saxara bayroqlariga oy (hilol) tasviri tushirilgan. Masjidlarning minora va gumbazlari ustiga ham oy tasviri o‘rnatish urfga kirgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.