Masjid ul-Harom - eng katta masjidmi?
Savol: Masjid ul-Harom yer yuzidagi eng katta masjid hisoblanar ekan. Ana shu tabarruk masjid haqida to‘laroq ma'lumot bersangiz.
Javob: Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan masjid Masjid ul-Harom, deb ataladi. Unda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani uchun shunday nom olgan. Baytulloh (Ka'ba), zamzam bulog‘i va Safo hamda Marva tepaliklari ham masjid hududidadir.
Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka'batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka'baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta'mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda masjidning to‘qqizta mezonasi (minorasi), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. Ikkinchi va uchinchi qavatlarga o‘n bir yurarzina yordamida chiqiladi. Masjidga sakkiz ming dona shamol parrak, 55 ming dona turli chiroqlar o‘rnatilgan. Masjidning umumiy maydoni 356 ming kv. metr bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 1 milyon 120 mingga yaqin namozxonni sig‘diradi.
Masjid o‘rtasidagi Ka'ba eshigi 280 kilo oltindan yasalgan. Uning ustiga yopilgan ka'bapo‘shning qiymati 17 milyon riyol turadi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.