background
logotype
image1 image2 image3

«Jalolayn» tafsirini kim yozgan?

Savol: Imomlar va ulamolarimiz suhbatlarida «Jalolayn» tafsiriga tez-tez murojaat qilishadi. Surishtirib ko'rsam, uni Jaloliddin ismli ikki kishi yozgan ekan. Ana shu tafsir tarixiga qiziqib qoldim. Malol kelmasa, shu haqda ma'lumot bersangiz.

Javob: «Tafsiri Jalolayn», degani lug'atda «ikki Jalol tafsiri», degan ma'noni bildiradi. Ulamolar o'rtasida maqbul va mashhur bo'lgan bu Qur'on tafsiri ikki ulug' mufassir imom - Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad Mahalliy va Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiylar qalamiga mansub. Jaloliddin Mahalliy Kahf surasidan Nos surasigacha hamda Fotiha surasi tafsirlarini qilganlar. Qolgan suralarning tafsirlarini tugata olmay, olamdan o'tganlar. Oradan yarim asr o'tib, Jaloliddin Suyutiy Baqara surasidan Al-Isro surasigacha tafsir qilib, suralar tafsirini nihoyasiga yetkazganlar. Fotiha surasini Mahalliy tafsir qilganlari uchun u kitob oxirida kelgan. Suyutiyning mahorati tufayli ikki Jalolning turli davrda yozgan tafsiri hamma ko'rinishda bir xil bo'lib, bitta olim yozganga o'xshaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.