background
logotype
image1 image2 image3

Iso alayhissalom yerga tushadilarmi?

SavolYaqinda imomimiz mav'izalarida «Oxir zamonda Iso alayhissalom yerga tushadilar»,dedilarBu haqda kengroso‘rashga xijolat qildimSizlardan shu haqda «Dinda savolim bor...»kitobi orqali ma'lumot berishingizni so‘rayman.

JavobZamona oxirida Dajjol paydo bo‘lib, yer yuzini fitna-fasodga to‘ldirib turganida, Iso alayhissalom osmondan tushib uni o‘ldiradilar. U zot Suriya poytaxti Damashqdagi bir masjid minorasiga tushadilar, degan rivoyatlar bor. Iso alayhissalomning yerga tushishlari haqida sahih hadislar vorid bo‘lgan. Ahli sunna val jamoaning aqidasi shundaydir. Iso alayhissalom yahudiy va nasroniylar aytayotganlaridek o‘lgan emaslar. Balki u zotni Alloh taolo osmonga ko‘targan. «Holbukiular (Isoni) o‘ldirganlari ham,osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun (boshqd birov Isogd) o‘xshatib qo‘yildixolosAlbatta(Iso) haqida talashib-tortishgan kimsalar uning (o‘ldirilgdn-o‘ldirilmdgdni) haqida shubhadaqolganlarU haqda hech qanday bilimlari yo‘q. Faqat gumonlarga beriladilarxolosUnio‘ldirmaganlari aniqdirBalki uni Alloosmonga ko‘targandir» (Niso surasi, 157-158-oyatldr).

Iso alayhissdlom qiyomatdan oldin Dajjolni o‘ldirganlaridan keyin Islom shariati bilan hukm yuritadilar. Xochni sindirib, to‘ng‘izldrni o‘ldiradilar, jizyani bekor qiladilar. Yer yuzida Alloh xohlaganicha yashab, keyin vafot etadildr. Musulmonlar u zotga janoza o‘qib, dafn qilishadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.