Eng mashhur dorilfunun
Savol: «Al-Azhar»ni Islom olamida eng mo‘tabar bilim dargohi, deb eshitganmiz. Uning tarixi qachon boshlangan?
Javob: «Al-Azhar» - arabchada «nur taratuvchi», «oy», «oydin rangli», degan ma'nolarni anglatadi. Misrda joylashgan dunyodagi eng keksa va salohiyatli Islom dorilfununi, jome' masjidi va madrasalardan iborat majmua shu nom bilan ataladi. U fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan. Avvalda bu yerda din asoslari, fiqh, arab tili o‘qitilgan. 1961 yildan dunyoviy yangi bo‘limlar - tibbiyot, handasa (muhandislik), ziroat (qishloq xo‘jaligi) va tijoratchilik ham qo‘shildi. Al-Azharning barcha shoxobchalarida ta'lim olayotganlar soni bir milyon kishiga yetadi. Olti mingdan ziyod ulamo va mudarris saboq beradi. Birgina 2001 yilda 85 000 kishi oliy ma'lumot (bakalavr) olgan, 40 000 xorijlik talaba tahsil olgan. Undan Muhammad G'azzoliy, Yusuf Qarzoviy, Imom Jodul-Haqq, Mutavalli Sha'roniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqqan.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.