«Ahli sufa» kim?
Savol: «Ahli sufa» kim ekanini, ularning sanog‘i va darajalarini bilishni istardim.
Javob: «Sufa» Madinai munavvarada Payg‘ambar (s.a.v.) masjidlarining shimolidagi makon bo‘lib, uni boshpanasiz, faqir muhojirlar maskan tutganlar. Abu Hurayra, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Salmon (r.a.) va boshqalar shu kishilar jumlasidandir.
«Ahli sufa»ning adadi haqida ixtiloflar bor. Ular bu joyga kelib-ketib turishadigan bo‘lib, ba'zida ularning soni bir vaqtning o‘zida yetmish kishiga yetgan. Tarixchilar ulardan olti yuztalarini sanab o‘tishgan. «Ahli sufa»lardan yetmish kishi «Bi'ri Mauna» g‘azotida shahid bo‘lganlar.
Ularning sharaf va darajalarini esa, Rasulullohning (s.a.v.) ularga ko‘rsatgan mehribonliklari, inoyat va e'tiborlaridan ham bilib olsak bo‘ladi.
Alloh taolo nozil qilgan quyidagi oyatlar «Ahli sufa» haqida ekanligi aytiladi:
«(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar - kambag‘al muhojirlarnikidirki, ular Allohdan fazl-marhamat va rizolik istarlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam berurlar. Ana o‘shalar (iymonlarida) sodiq zotlardir.» (Hashr surasi, 8-oyat).
(Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya'ni o‘zlarini ushlagan), biror yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli, bilmagan odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir. Ularning faqirliklarini siymolaridan bilib olasiz. Ular tilanib turib olmaydilar. Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.