background
logotype
image1 image2 image3

Tahoratga doir fatvolar – 1-qism

1-FATVO

Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv yetmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv yetkazish shart emas.

«Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit»

2-FATVO

Taxrrat va g‘uslda osg‘i shol odam garchi kesganda ham sezmaydigan bo‘lsa-da, yuvishi vojibdir.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Yatima»

3-FATVO

Oyoqlarini yog‘lagandan so‘ng yuvsa, yog‘ suvni ostiga o‘tishga to‘sqinlik qilsa ham tahorati durust hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Zaxira»

4-FATVO

Bir a'zodagi suvni ikkinchi a'zoga ko‘chirib yuvish tahoratda mumkin emas, g‘uslda mumkin. Lekin boshqa a'zoga olib o‘tilayotgan suv mo‘l bo‘lib, tomchilab turadigan bo‘lishi shartdir.

«Olamgiriya», «Zahiriya»

5-FATVO

Yomg‘ir ostida qolgan yoki oqin ariqqa tushib ketgan kishining hamma a'zosiga suv yetgan bo‘lsa tahoratga ham, g‘uslga ham o‘tadi. Faqat og‘zi bilan burnini chayib olishi kerak bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Sirojiya»

6-FATVO

Boshiga mash tortish o‘rniga uni yuvsa ham mash o‘rniga o‘tadi, lekin bu ishi makruh sanaladi.

«Olamgiriya», «Muhish»

7-FATVO

Suv bilan istinjo qilishdan oldin ham, undan keyin ham ikki qo‘lni uch marta yuvish kerak. «Bismilloh»ni avratni ochmay turib bir marta, istinjodan keyin avratni yopgandan keyin yana bir marta aytgani afzaldir.

«Olamgiriya», «Qozixon»

8-FATVO

Misvok ishlatish erkaklar uchun sunnat. Ayollarning saqich chaynashi misvok o‘rniga o‘tadi.

«Olamgiriya», «al-Bahrar-roiq»

9-FATVO

Tahoratda har bir a'zoni uch martadan yuvish sunnat. Agar uch marta to‘liq yuvganiga shak-shubha qilsa yoki tahorat ustiga tahorat bo‘lsin deb niyat qilib uch martadan ko‘p yuvsa joizdir.

«Olamgiriya», «Nihoya», «as-Siroj al-vahhoj»

10-FATVO

Bo‘yinga mash tortish - mustahab. Lekin tomoqqa mash tortish - bid'at.

«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

11-FATVO

Masjidda muayyan bir joyni o‘zi uchun xoslab olish makruh bo‘lganidek, tahorat qilish uchun o‘ziga xos idish tutish ham makruhdir.

«Olamgiriya», «al-Vajiz»

12-FATVO

Qulog‘idan yiring oqsa, qaraladi - agar og‘riq bilan oqsa tahorat sinadi. Og‘riq bo‘lmasa sinmaydi. Zero, og‘riq quloq ichidagi jarohatdan dalolatdir.

«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Sirojiya»

13-FATVO

Egarsiz ulovga mingan odam uxlab qolsa, qaraladi - agar tekkislikda yoki balandlikka chiqib ketastgan bo‘lsa, tahorati sinmaydi. Bordi-yu, pastlikka tushayotgan bo‘lsa, tahorati sinady. Egarda uxlab qolsa tahorati sinmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit»

14-FATVO

Cho‘zilib yotgan holda mudrash ikki xil bo‘ladi: Biri - qattiq mudrash bo‘dib, odamlarning gurungini eshitmay, anglamay qoladi. Bunda tahorat sinadi. Ikkinchisi - yengil mudrash bo‘lib, odamlarning gurungini eshitib yotadi. Bunda tahorat sinmaydi. Uxlagandan yoki yel chiqqandan keyin tahoratni yangilaganda suv bilan «istinjo» qilinmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Qozixon»

15-FATVO

G'uslda kindik ichiga barmoq bilan suv kiritib yuvish ham vojib amallardandir.

«Muhit»

16-FATVO

G'usl oldidan tahorat qilganda boshiga mash tortadi. Undan keyin boshiga suv quyib barcha a'zolarini uch bor yuvadi.

«Olamgiriya», «az-Zohidiy»

17-FATVO

G'usl qilmoqchi bo‘lgan odam niyatni dilida qilib, tili bilan ham aytadi va qulini yuvish oldidan «Bismilloh»ni aytadi va istinjo qiladi.

«Olamgiriya», «al-Javhara an-Nashira»

18-FATVO

G'uslda suvni ortiqcha isrof qilmaslik, shuningdek, haddan ziyod tejab yubormaslik, qiblaga yuzlanmaslik sunnat darajasidagi amallardandir.

«Olamgiriya»

19-FATVO

G'uslda har bir a'zoni uch martadan yuvish, birinchi martasida ishqalab yuvish, yuvinish asnosida imkoni boricha gapirmaslik, yuvinib bo‘lgach, sochiq bilan artinish sunnat amallardandir.

«Olamgiriya», «Munya»

20-FATVO

Junub kishi uxlashdan oldin g‘usl qilib olgani yaxshi. Lekin namoz vaqti yaqinlashgunga qadar uxlab olsa yoki ikki qo‘li va og‘zini yuvib ovqatlansa zarari yo‘q.

«Olamgiriya»

21-FATVO

Janobatdagi odam namoz vaqti kirgunga qadar g‘usl qilmay tursa gunohkor bo‘lmaydi. Zero, tahoratsiz odamga tahorat qilish, janobatdagi va hayz yoki nifosdan chiqqan ayolga g‘usl qilish namoz o‘qish yoki boshqa tahoratsiz qilib bo‘lmaydigan amallarni bajarish oldidan vojib bo‘ladi.

«Olamgiriya», «al-Bahr», «Muhit»

22-FATVO

Ishlatilgan suv (obi musta'mal) Imom Muhammad (rh.) nazdida pok, tahoratli odamning qo‘l, oyoq yoki badaniga yopishgan loy, xamir yoki kirlarni ketkazish uchun ishlatgan suvi «obi musta'mal»ga aylanmaydi. Demak, uni tindirib, yana ishlatsa bo‘ladi. Salqinlash maqsadida cho‘milishga ishlatgan suvi ham musta'mal hisoblanmaydi, balki tahorat, g‘usl, najosatni ketkazish kabilar uchun ishlatilgan suv Imom Muhammad (rh.)dan boshqalar nazdida nopoklik sifatini oladi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

23-FATVO

Janobatdagi odam g‘usl qilayotganda sachragan suv idishdagi suvga tushsa zarari yo‘q. Ammo badanidan oqayotgan suv idishga quyilib tushsa uni nopok qiladi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

24-FATVO

Agar inson qo‘lining kaftini mushuk yalagan bo‘lsa, qo‘lini yuvib namoz o‘qishi lozim bo‘ladi. Aks holda namozni makruhlik bilan ado etgan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin»

25-FATVO

Insonning sochi tig‘ bilan yoki qaychi bilan qirqib olinsa u toza hisoblanadi. Yulib olingan soch nopokdir.

«Olamgiriya», «Ixgpiyor»

26-FATVO

Sichqon mushukdan qochib ketayotib, idish ustidan sakrab o‘tsa, idish ichidagi suv nopok bo‘ladi. Zero, u odatda mushukdan qo‘rqqanidan siyib goborgan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

27-FATVO

Bir marta ishlatilgan suv (obi musta'mal) Imom Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida najas, ya'ni nopok hisoblanadi. Imom Muhammad (rh.) nazdida esa lokdir. Lekin shunga qaramay, obi musta'mal bilan ho‘l qilingan sochiq yoki badandan tomchilab tushib ivitib yuborgan kiyim bilan namoz o‘qish har uch imom nazdida ham joizdir.

«Olamgiriya», «Badoe'»

28-FATVO

Tayammum qilishda "bismilloh"ni o‘qib, ikki qo‘l barmoqlarini ochiqtutgan holda panjalarining oldi va orqasi bilan tuproqqa urgandan keyin qo‘llarni bir-biriga ishqalab, yopishgan changlarni yengillatish, oldin yuzga, so‘ngra ikki qo‘lning tirsaklarigacha surtib chiqish sunnat hisoblanuvchi amallardandir.

«Olamgiriya», «Bahrur-roiq»

29-FATVO

Ota bilan o‘g‘ilda faqat bir kishiga yetadigan suv bo‘lsa, u bilan ota tahorat qiladi, o‘g‘li esa, tayammum bilan kifoyalanadi.

«Olamgiriya»

30-FATVO

Oyoq kiyimiga mash tortishning shartlaridan biri - poyafzalning eng kami uch kunlik safarga yaraydigan bo‘lishidir. Yana bir sharti - poyafzal oyoqning oshiqdarini yopib turishidir. Oshiqdan ustki qismi yopilgan bo‘lishi shart emas.

«Olamgiriya», «Qozixon»

31-FATVO

Bir oyog‘ida jarohat bo‘lib, uni yuvish va mash tortishning iloji yo‘q bo‘lsa, ikkinchi oyog‘iga mash tortishi mumkin. Shuningdek, oyog‘ining oshig‘idan pastki qismi kesib tashlangan kishi ham ikkinchi oyog‘ini yuvishi va poyafzal ustidan mash tortishi mumkin. Kesilgan joyda uch barmoq miqdori joy qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga mash tortadi. Undan kam bo‘lsa tortmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit»

32-FATVO

Janobatdan g‘usl qilganda badanida tangadek joy suv tegmay quruq qolgan bo‘lsa, o‘sha joyini poyafzal kiygandan keyin yuvsa, hadas yetgandan keyin tahorat qilgavda poyafzalga mash tortaveradi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

33-FATVO

Tahorat qilganda tangadek joy yuvilmay qolgan bo‘lsa, to o‘sha joy yuvilmaguncha oyoq kiyimini kiyib, mash tortishi joiz emas.

«Olamgiriya», «Tabyin»

34-FATVO

Yara ustidagi matohga (bintga) mash tortish uning ostini yuvish bilan barobardir. Shunga ko‘ra, bir oyog‘iga mash tortib, ikkinchi sog‘ oyog‘ini yuvgan odam har ikki oyog‘ini yuvgan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Tabyin»

35-FATVO

Bir oyog‘idagi jarohat ustiga mash tortgach, ikkinchi oyog‘ini yuvib, shu sog‘ oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, keyingi tahorat qilganda mash tortishi joiz emas. Ammo ikkala oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, mash tortaveradi.

«Qozixon», «Olamgiriya», «Muhit»

Z6-FATVO

Oyoq kiyimlariga mash tortib qo‘yishni boshqa kishiga buyursa ham joizdir.

«Olamgiriya», «Xulosa»

37-FATVO

Tug‘ilgan ikki chaqaloq egizak hisoblanishi uchun ikkinchi chaqaloq ikki oydan kam muddatda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Agar ikkisining oralig‘idagi muddat olti oy yoki undan ko‘p bo‘lsa, ular ikki homila va ikki "nifos" bolalari hisoblanadi.

«Olamgiriya», "Tabyin"

38-FATVO

Hayzdagi ayol, shuningdek, junub kishiga Qur'on oyatlaridan o‘qish taqiqlanadi. Lekin turli xil duolar, azon javobi, "qunut duosi" kabilarni o‘qish mumkin.

«Olamgiriya», "Zahiriya", «Sirojiya»

39-FATVO

Junub kishilar hayz va nifosdagi ayollar o‘qimasdan Qur'on oyatlariga qarashlari mumkin. Ularga oyatlarni yozish ham joiz emas.

«Olamgiriya», «Javhara», «Zaxir»

40-FATVO

Burnidan yoki yarasidan tinmay qon oqayotgag kishi namozni oxirgi vaqtigacha kutadi. Qon to‘xtas; xo‘b, yo‘qsa, vaqt chiqib ketmasidan oldin tahora qilib namozni o‘qiyveradi.

«Olamgiriya», «Zaxira»

41-FATVO

Idishdagi moyga sichqon tushgan bo‘lsa, qaraladi - agar quyuq, qotgan moy bo‘lsa, atrofidagi tegib turgan moylari bilan qo‘shib sichqonni olib tashlansa, qolgan moy toza hisoblanadi. Bordi-yu, moy suyuq bo‘lsa, u nopok bo‘ladi va uni ovqatdan boshqa yeyilmaydigan narsalarga ishlatiladi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

42-FATVO

Hojatxonadagi pashshalar kiyimga qo‘nsa, zarari yo‘q. Ammo ular ko‘p bo‘lsa kiyimni nopok qiladi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

43-FATVO

Nopok tuproqni suvga yoki nopok suvni tuproqqa aralashtirib loy qilinsa, u najas hukmidadir. Lekin shu loydan yasalgan idishlarda pishirilgan ovqat toza hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

44-FATVO

Sut sog‘ib turganda hayvonning qumalog‘i sutga tushsa, darhol olib tashlansa sut nopok bo‘lmaydi. Ammo u titilib ketsa idishdagi bor sut nopok bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

45-FATVO

Istinjoda adad belgilanmagan, balki bir martada toza bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya. Ammo uch martada ham toza bo‘lmasa, istinjo chala qilingan bo‘ladi.

«Sirojiya», «Olamgiriya», «Muzmarot»

46-FATVO

Istinjoda faqat chap qo‘lidan foydalanadi. Uzrli holatlardagina o‘ng qo‘l ishlatiladi. Olatdan siydik chiqmay qolgunga qadar chap qo‘lda kesak kabi namlikni o‘ziga tortadigan narsani tutish vojibdir. Bu «istibro» deyiladi.

«Olamgiriya», «Zohidiy», «Zahiriya»

47-FATVO

Har kim istibroni ko‘ngli qaror topgunga qadar davom ettiradi. So‘ngra shaytonning vasvasasiga parvo qilmaslikka harakat qiladi. Masalan, tahorat qilib namoz o‘qib turganida soniga sovuq narsa tekkandek bo‘ladi. Ko‘pincha bu siydik tomchisi bo‘lmay, shaytonning chalg‘itish uchun qilgan ishi bo‘ladi. Shuning uchun suv bilan istinjo qilgan paytda olati va sonlariga suv sepib qo‘yish tavsiya etiladi. Shunday qilganda shayton vasvasa qila olmay qoladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Muzmarot», «Zahiriya»

48-FATVO

O'zi tahorat qilishga qodir bo‘lmagan bemorga o‘g‘li yoki birodari tahorat qildirib qo‘yadi. Lekin xotini bo‘lmasa, istinjo qildirilmaydi. Bu uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Bemor ayol hukmi ham xuddi shunday. Unga qizi yoki opa-singlisi tahorat qildiradi. Lekin istinjo soqit bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Qozixon»

49-FATVO

Hojatxonaga chap oyoq bilan kirib o‘ng oyoq bilan chiqiladi. U yerda gapirilmaydi, salomga alik olinmaydi, azonga, aksirgan kishiga javob aytilmaydi, o‘zi aksirsa dilida «alhamdu lilloh» deydi, tilini qimirlatmaydi, avratiga, axlatiga qaramaydi, tupurmay, burnini qoqmay, yo‘talmay, ko‘zini osmonga qaratmay o‘tiradi. Hojatxonada iloji boricha uzoq o‘tirmaslikka harakat qiladi.

«Olamgiriya», «as-Siroj al-vahhoj»

50-FATVO

Quduqdan sichqon yoki qush o‘ligi topilsa, qaraladi - agar go‘shti aynib, hidlangan bo‘lsa, shu quduq suvi bilan tahorat qilib o‘qilgan uch kunlik namoz qayta o‘qiladi. Bordi-yu, aynimagan bo‘lsa, Abu Hanifa (rh.) so‘ziga ko‘ra, bir kecha kunduzgi namoz qayta o‘qiladi.

«Qozixon»

Ming bir fatvo

Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.