background
logotype
image1 image2 image3

Kishini mast qiluvchi giyohlar yoki aroq bilan oldi-sotdi qiluvchi musulmonga qanaqa hukm bor?

Savol: Kishini mast qiluvchi giyohlar yoki aroq bilan oldi-sotdi qiluvchi musulmonga shariatimizda qanaqa hukm bor? O‘zi musulmon bo‘laturib spirtli ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishning hukmi nima?

Javob: Islomda aroq, yana shariat yo‘l qo‘ymagan narsalar bilan oldi-sotdi qilish va ularni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish man qilingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Bir-biringizga ezgulik va taqvolik yo‘lida yordam beringiz, gunoh va zulm uzra hamkorlik qilmangiz!»

Shubha yo‘qki, aroqni, narkotik moddalarni sotish - zulmga sabab bo‘lish va gunohli ishlarda birovga hamkorlik qilishdir. Bu borada Payg‘ambarimiz Muhammadning (s.a.v.) quyidagi hadislari bor: «Allohga va qiyomat kuniga ishongan kishi aroq ichmasin, Allohga va qiyomat kuniga ishongan kishi aroq ichilayotgan dasturxon oldida o‘tirmasin».

«Alloh taolo aroqni, uni ichuvchini, quyib berganni, sotganni va olganni, uni tayyorlovchini, olib kelganni va buyurganni la'natlaydi».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.