background
logotype
image1 image2 image3

E'tikof qanday ado etiladi?

SavolE'tikof qanday ado etiladi?

JavobJunubdan pok, balog‘atga yetgan va oqil musulmonning ibodat niyatida ma'lum vaqt masjidda o‘tirishi e'tikofdir. Ayollarning e'tikofi o‘z uylarida, doimiy namoz o‘qiydigan joylarida bo‘ladi. E'tikofda o‘tirgan ayol hayz va nifosdan pok bo‘lishi kerak.

E'tikof vojib, sunnati muakkada kifoya (ba'zilarning bajarishi bilan qolganlardan soqit bo‘ladi) va mustahab kabi turlarga bo‘linadi.

Kim tili bilan e'tikof o‘tirishni nazr qilsa, u vojib bo‘ladi. Vojib e'tikof uchun ro‘za ham shartdir. Ya'ni, o‘ziga e'tikof nazr qilgan kishi e'tikofda ro‘za tutib o‘tirishi kerak. Vojib e'tikofning eng oz muddati bir kun. Bir kun e'tikofda bo‘lishni o‘ziga nazr qilgan kishi tong otmasdan masjidga kirishi va quyosh botguncha unda bo‘lishi lozim. E'tikofdagi kishi tabiiy hojatidan va o‘tirgan masjidida juma o‘qilmasa, juma namozini o‘qishdan boshqa maqsadda masjiddan chiqmaydi. U masjidda uxlaydi, ovqatlanadi. Mutolaa qilib o‘tiradi. Gaplashsa, faqat yaxshi gaplarni gapiradi.

Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida e'tikof o‘tirish sunnati muakkada kifoyadir. Bundan boshqa vaqtda e'tikof o‘tirish mustahab bo‘ladi.

Mustahab e'tikof uchun ro‘za shart emas. Uning eng oz muddati bir soatdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.