background
logotype
image1 image2 image3

Qurbonlikning qanday shar'iy talablari bor?

Savol: Alloh qodir qilib, qurbonlik amalini bajarish nasib etdi. Ammo uning shartlarini bilmayman. Qurbonlikning qanday shar'iy talablari bor?

Javob: Qurbonlik qilish zakot, sadaqai fitr kabi moliyaviy ibodatdir.

Zulhijja oyining o‘ninchi kuni hayit namozi o‘qilganidan boshlab, to o‘n ikkinchi kunining shomigacha qurbonlik so‘yish vaqtidir.

Kumush zakotining nisobidagi mablag‘ga yo zaruriy ehtiyojidan ortiqcha, qiymati kumush nisobi miqdoriga yetadigan mulkka ega bo‘lgan muqim musulmonga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi.

Yashayotgan turar joyi, kerakli (uy ichida, ishda va hayitda kiyish uchun) kiyimlari, uy anjomlari, mehnat qurollari zaruriy ehtiyojga kiradi.

Musofirga qurbonlik so‘yish vojib emas.

Qurbonlik so‘yish vaqtining oxiridagi boylik holati qurbonlikning vojib bo‘lishi uchun hisobga olinadi. Ya'ni, kambag‘al kishi qurbonlik so‘yish vaqtining oxiriga kelib kumush nisobi miqdoricha boylikka ega bo‘lsa, unga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi, agar boy kishi shu vaqtda kambag‘al bo‘lib qolsa, unga qurbonlik so‘yish vojib bo‘lmaydi.

Qiymati kumush zakoti nisobiga yetadigan yeri bo‘lgan, ammo o‘zi ijarada yashayotgan musulmonga qurbonlik so‘yish vojibdir («Muxtasar-ul viqoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.