background
logotype
image1 image2 image3

Qurbonlikka oid savollarimga javob berolmaysizlarmi?

Savol: Qurbonlikka oid savollarimga javob berolmaysizlarmi?

Javob: Qurbonlik musofirga vojib emas. Nisob miqdoridagi mulkka ega kishi qurbonlik uchun qo‘y sotib olganidan so‘ng safarga chiqsa, undan qurbonlik soqit bo‘ladi. Olgan qo‘yni sotib yuborishi joiz.

Boy kishi qurbonlikni o‘ziga nazr qilib, sotib olgan qo‘yni qurbonlik kunlari so‘ymay, tiriklay sadaqa qilsa, qurbonlik vaqti o‘tmagan bo‘lsa, unga teng qo‘yni so‘yishi lozim bo‘ladi. Agar vaqti o‘tgan bo‘lsa, qiymatini sadaqa qilishi kerak.

Qurbonlikni o‘ziga nazr qilib, sotib olgan qo‘yni vaqtida so‘ymasa, tiriklay sadaqa qiladi. Agar vaqti o‘tib so‘ysa, go‘shtini va boshqa qismlarini sadaqa qiladi. O‘zi yemaydi.

Nazr qilingan qurbonlik go‘shtidan nazr qiluvchining (hatto kambag‘al bo‘lsa-da) o‘zi ham, boy kishilar ham yeyishi mumkin emas. Agar yesa, yegan miqdorining qiymatini sadaqa qilishi lozim.

Qurbonlik qilishni («Alloh uchun qurbonlik qilishni nazr qildim» deb) o‘ziga nazr qilgan boy ikkita qurbonlik qilishi vojib bo‘ladi: biri nazr uchun, ikkinchisi zimmasidagi vojibning adosi uchun.

Mol turini aytmay, qurbonlik qilishni o‘ziga nazr qilgan kishiga qo‘y so‘yish vojib bo‘ladi.

Kambag‘al kishi qurbonlik niyatida qo‘y sotib olgach, olgan qo‘yini sotib yuborsa yo u qo‘y o‘lib qolsa, boshqa qo‘y olib so‘yishi lozim bo‘lmaydi. Zero niyat qilish bilan qurbonlik so‘yish vojib bo‘lmaydi.

Ellik ming so‘mga qurbonlik sotib olish, ellik million sadaqa qilishdan afzaldir.

Qurbonlikka aynan atab sotib olingan molni (qo‘yni) sotish mumkin emas. Agar sotib, arzonroq boshqasini olsa, qolgan pulni sadaqa qilishi lozim.

(«Raddul Muxtor», «Durrul Muxtor», «Qozixon», «Xulosa» kitoblaridan olindi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.