background
logotype
image1 image2 image3

Maymun yilining qurbonlik qilishga daxli bormi?

Savol: Bir tanishim “Shu yil qurbonlik qilmoqchi edim, menga bir-ikki kishi, birinchi marta qilayapsan, harom yilda birinchi marta qilinmaydi deb aytishdi, siz shu haqda bilmaysizmi?" deb qoldi. Shu haqda ma’lumot bersangiz. Maymun yilining qurbonlik qilishga daxli bormi?

Javob: Qurbonlik qilish zimmasida zakot berishi farz bo‘lgan yoki qurbonlik kunlariida zakot miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishiga vojib bo‘ladi. Zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi yilning qanday yil bo‘lishidan qat’y nazar uni amalga oshirishi lozim. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.