Qur'on tilovat qilishning odoblari
Savol: Qur'on tilovat qilishning ham alohida odoblari borligini eshitdim. Ular qaysilar?
Javob: Qur'on o‘quvchi tilovat odoblariga ahamiyat berishi lozim. Avvalo, qiroatda ixlosli bo‘lish va bu bilan faqat Allohning roziligini talab qilish, Qur'on xulqi bilan xulqlanish, zehnni bir joyga qo‘yib, undagi ma'nolarni tadabbur qilish talab etiladi. Qur'on o‘qiyotganida Allohga qullik qilayotganini bilishi va Uni ko‘rib turgandek o‘zini his qilishi, Alloh uni ko‘rib turganini zehniga joylashi lozim.
Qur'on tilovat qilishni xohlagan kishi og‘zini misvok va shunga o‘xshash narsalar bilan tozalashi yaxshi bo‘ladi. Misvok arak daraxti shoxidan bo‘lgani yaxshiroq. Boshqa narsalar bilan tozalashning zarari yo‘q.
Qur'onni xushu-xuzu' va tadabbur bilan o‘qish lozim. Shunda qalb yumshab, nurga to‘ladi. Salaf ulamolarimiz ichida tadabbur qilib bir oyatni tun bo‘yi o‘qib chiqqanlar bor.
Dinda savolim bor
Qur'on o‘quvchi tilovat chog‘i yig‘lashi, agar yig‘lay olmasa, o‘zini yig‘lashga majburlashi mustahabdir. Bunday qilish oriflar sifati va solih bandalarning shioridir. Bunga Qur'oni karimda: «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va bu (Qur'on) ularning xushu'larini (xokisorliklarini) ziyoda qilur» (Al-Isro, 109), degan dalil bor.
Qur'on tilovat qiluvchining Qur'onni kitobdan o‘qishi yoddan o‘qiganidan afzaldir. Salaf ulamolarimiz shunday deyishgan. Ammo kimning tadabburi, fikrlashi, qalbini jamlashi Qur'ondan o‘qiganidan ko‘ra yoddan o‘qiganida ziyodroq bo‘lsa, yoddan o‘qigani afzaldir.
Baland ovozda yoki ovoz chiqarmay tilovat qilish haqida ham ulamolarning so‘zlari bor. Riyodan qo‘rqqan kishi ovozini chiqarmay o‘qigani afzal. Agar qo‘rqmasa, baland ovoz bilan o‘qigani yaxshi. Shu shart bilanki, atrofidagilar namoz o‘qiyotgan bo‘lmasligi kerak. Baland ovoz bilan o‘qiganida boshqalarga ham foyda bor.
Chiroyli ovoz bilan, tajvid bilan tilovat qilinadi. Juda cho‘zib yuborilmaydi. Biror harf ziyoda qilinishi yoki tushirib qoldirilishi harom.
Tilovat qiluvchi kishi suraning o‘rtasidan o‘qimoqchi bo‘lsa, bir-biriga bog‘liq oyatlarning avvalidan boshlashi kerak. To‘xtatganida ham bir-biriga bog‘liq oyatlarda to‘xtaydi. Boshlanishi, vaqf, juz', hizb, o‘ndan biri deb e'tibor qilmaydi. Shuning uchun ulamolar: «Bir suraning hammasini o‘qishi uzun suradan bir miqdor o‘qiganidan afzal», deyishgan.
Anasdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda ellik oyat o‘qigan odam g‘ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o‘qigan kishi kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o‘qigan kishi bilan Qur'on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o‘qigan odamga esa, bir necha qintor ajr yoziladi», dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Ro‘za kitobi
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2023 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.