background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zi oyatlarni Alloh taolo boshqa maqsadda nozil qilgan bo‘lsa-yu, bandalar uni boshqa ma'noda...

Savol: Ma'lumki, Qur'oni karim oyatlari serma'nodir. Ba'zi oyatlarni Alloh taolo boshqa maqsadda nozil qilgan bo‘lsa-yu, ammo bandalar uni boshqa ma'noda tafsir qilib qo‘yishsa, nima bo‘ladi?

Javob: Alloh taolo rasuli Muhammadga (s.a.v.) nozil qilgan kitobini tushunish, ma'nolarini bayon etish, ahkom va hikmatlar chiqarishni o‘rgatuvchi ilm tafsir ilmidir. Bu ilmga lug‘at, sarf, nahv, balog‘at, usuli fiqh va qiroat ilmlarini chuqur o‘rganish bilan erishiladi. Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari, nosix va mansuxlarini (hukmni bekor qilgan va hukmi bekor bo‘lgan oyatlarni) bilish ham tafsir ilmining shartlaridandir. Barcha ilmlar kabi tafsir ilmining ham oyatlarga ma'no berishda tayanadigan umum qonunlari borki, ular «Ulumi Qur'on» (Qur'on ilmlari) nomidagi bir fanda jamlangan.

Qayd qilingan ilmlarni egallamay, Qur'oni karimni tafsir qilishga urinish turli firqa va oqimlar chiqishiga boisdir. Xususan, barcha harakatlar o‘z qarashlarini oyati karima bilan quvvatlashga qaratishgan bo‘lsa, yanada xatarlidir. Rasuli Akram (s.a.v.) bu haqda shunday deganlar: «Kim Qur'oni karim borasida o‘z qarashi bilan so‘z yuritsa, joyini do‘zaxdan hozirlayversin».

Binobarin, har bir oyati karima ma'nolarini eng ishonchli va mo‘'tabar tafsir kitoblarida bayon qilingani kabi talqin etish lozimdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.