background
logotype
image1 image2 image3

Qushning axlati yelkamga tushsa, unda namoz o'qib bo'ladimi?

Savol: Yaqinda masjid hovlisida namoz boshlanishini kutib o‘tirsam, uchib o‘tayotgan qushning axlati yelkamga tushdi. Shunday hollarda nima qilishim kerak?

Javob: Yengil najas kiyimning to‘rtdan bir qismidan kamiga tekkan bo‘lsa, Islom shariati uni avf deb hisoblaydi.

Og‘ir najasning quyug‘idan bir misqol (4,68 gr.) miqdoricha, suyug‘idan ochiq kaftda to‘xtagan suv o‘rni miqdoricha kiyim yoki badanga tekkan bo‘lsa, shariatda avf qilinadi.

Suv najasga tushsa, najasot hisoblanadi, aksincha bo‘lsa ham, shunday hukm qilinadi. Tuz koniga tushgan eshak tuzga aylangan vaqtida pok bo‘lgani kabi tezakning kuli ham pokdir.

Kiyimning astariga najas tekkan bo‘lsa, uning ustida namoz o‘qish mumkin. Agar kiyimga ho‘l najas tekkan bo‘lsa, uni siqqanda suv tommasa, namoz o‘qilaveradi. Bordi-yu, kiyimning najas tekkan joyi esdan chiqarilsa, uning mo‘ljaldagi biror tarafi yuvilsa, poklanganiga hukm bo‘laveradi. Agar palosning bir tarafiga najas tek-kan bo‘lsa, ikkinchi tomonida namoz o‘qisa bo‘ladi. Najas tekkanda yupqa narsalar uch marta yuvib, uch marta yaxshilab siqib poklanadi. Siqish mumkin bo‘lmagan narsalar uch marta yuvilib, uch marta suv tommaydigan bo‘lguncha osib qo‘yish bilan poklanadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.