background
logotype
image1 image2 image3

Najas qanday tozalanadi?

SavolGoho kiyimga yoki namoz o‘qiladigan joyga najas tegishi mumkinShuni tozalashdaqanday yo‘l tutish kerak?

JavobNamozning o‘n ikki farzidan uchtasi tozalik bilan bog‘liq: namoz o‘quvchining jismi, kiyimi va namoz o‘qiydigan joyi najasdan pok bo‘lishi kerak.

Najas g‘aliza (og‘ir) va hafifa (engil) turlarga bo‘linadi. Uy parrandalari va barcha turdagi hayvonlarning tezaklari, insonning oldi va ortidan chiqqan chiqitlar va xamr (aroq) g‘aliza najasdir. Go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydiklari va yirtqich qushlarning tezaklari hafifadir.

G'aliza najasi dirham yo undan kam miqdorda kiyim-boshga tegsa yo namoz joyda bo‘lsa, namozni buzmaydi. Ammo uni yuvish vojib bo‘ladi. Dirham miqdoridan ortiq g‘aliza najas tekkan joyni imkoni bo‘laturib yuvmay namoz o‘qish mumkin emas.

G'aliza najas quyuq bo‘lsa, uning bir misqol (4,68) og‘irligi, suyuq bo‘lsa, kaft kengligidagi miqdori «dirham miqdori» deb e'tibor qilingan. Bu o‘rinda ochiq holdagi kaftining suv turadigan qismi kaft kengligi hisoblanadi.

Kiyimning to‘rtdan biriga yo undan kam miqdoriga hafifa najas tekkan bo‘lsa, namozga ziyon qilmaydi. Lekin uni yuvish vojibdir. Kiyimning to‘rtdan biridan ko‘pi hafifa najas bo‘lsa, uni yuvishga qodir bo‘laturib, yuvmay namoz o‘qish nojoizdir. Bu o‘rinda yeng, poycha, etak kabi kiyim bo‘laklari alohida kiyim deb qabul qilingan. Demak, bir yengning to‘rtdan biridan ko‘piga hafifa najas tegsa, u kiyim bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi.

Narsalar suv va boshqa tozalovchi suyuqliklar bilan najasdan poklanadi. Tekkan najas ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lsa, u tekkan narsa uni yuvib ketkazish bilan toza bo‘ladi. Najas (siydik kabi) tekkan joyida ko‘zga ko‘rinmasa, u tekkan narsalarga uch bor yuvib uch bor kuch yetguncha siqish bilan pok bo‘ladi. Agar najas tekkan narsani siqishning iloji bo‘lmasa, u qatron qilinadi. Qatron qilish tartibi bunday: narsalar yuvilgach, ilib qo‘yiladi va undan tomchi tommay qolgach, yana yuvib ilinadi. Ikkinchi yuvib ilingandan so‘ng ham tomchi tommay qolgach, yana uchinchi bor yuvib ilinadi va tomchi tommay qolganidan so‘ngtoza bo‘ladi.

Mahsiga yo oyoq kiyimiga tezak kabi najas tegib qurigan bo‘lsa, uni yerga ishqalash bilan toza bo‘ladi. Siydik yo boshqa ho‘l najasdan esa qatron qilish bilan poklanadi.

Pichoq kabi sayqalli narsalarga najas tegsa, yerga yo boshqa narsaga surtish bilan ham toza bo‘ladi.

Najas tushgan yer qurib najas asari qolmagan bo‘lsa, toza bo‘ladi, u joyda namoz o‘qish joiz.

Palos va gilam kabi siqib bo‘lmaydigan narsalarga najas tekkanida, ular bir kecha-kunduz oqar suvga cho‘mdirib qo‘yish bilan toza bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.