background
logotype
image1 image2 image3

Junub holida tuk va tirnoq olsa...

Savol: Junublikdan so‘ng g‘usl qilguncha tuk yoki tirnoq olish joizmi?

Javob: Junub holda kindik ostini tuklardan tozalash va tirnoq olish makruhdir. Bu ishlarni g‘usl qilgandan so‘ng bajarish lozim. Oy ko‘rgan va lohusa ayollar hukmi ham ayni shunday.

Imom G'azzoliy "Ihyou ulumid-din" kitobida bunday deydilar: "Junub bo‘lgan (kishi) tirnoq olishi, tuklarni qirishi, etak va qo‘ltiq ostini tozalashi, qon oldirishi yoki vujudidan har qanaqangi parchani, bo‘lakni uzishi, qo‘porishi yaxshi emas. Chunki barcha a'zolar, butun vujud qiyomatda tirilganda yuvilmay qolgan yoki shu holda qirilgan har narsa junub holida bo‘ladi".

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.