background
logotype
image1 image2 image3

Istihoza nima?

SavolAyollar istihoza qoni tufayli uzrli sanaladi. Qanday holatlar istihoza hisoblanadi?

JavobIkki hayz oralig‘idagi eng kam tozalik muddati o‘n besh kundir. Agar hayzdan toza bo‘lgach, o‘n besh kun o‘tmay qon kelsa, istihoza hisoblanadi. Shuningdek, a'zolari bilingan homilasi tushib qolgan ayolning tushikdan oldin ko‘rgan qoni istihozadir. Uni hayz hisoblab namoz o‘qilmagan bo‘lsa, bu qoldirilgan namozlarning qazosi o‘qilishi zarur. Yana quyidagilar istihoza hisoblanadi:

- uch kecha-kunduzdan kam kelgan qon;

- hayzning eng ko‘p muddati, ya'ni o‘n kecha-kunduzdan oshgan hayz qoni;

- homilador ko‘rgan qon;

- nifosning eng ko‘p muddatidan - qirq kecha-kundan oshgani;

- bola ko‘rishdan qolgan katta yoshdagi ayoldan kelgan qon;

- hayz va nifosda muayyan odati bo‘lgan ayolning odatidan oshiq muddatda kelgan qoni.

Istihoza qoni ko‘rgan ayol namoz o‘qish va ro‘za tutishni to‘xtatmaydi, eri bilan yaqinlik qilishi ham mumkin. Zero, istihoza qoni ko‘rgan ayol uzrli kishilar qatoriga qo‘shiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.