background
logotype
image1 image2 image3

G'uslda suvning hisobi bormi?

Savol: G'usl haqida bir necha savollarim boryuvinish g‘uslga o‘tadimi? G'uslda suvninghisobi bormi? G'usldan keyin namozga tahorat olinadimiAyollar g‘uslni ich kiyimdaqilishadimi?

Javob«G'usl» arabcha so‘z bo‘lib, bizning tilimizda butun badanning hech bir joyini qoldirmay yuvish ma'nosini bildiradi. G'usldan so‘ng tahorat olinmaydi. Balki g‘usldan oldin tahorat olinadi. Bu sunnatdir.

G'uslga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori bir so' (taxminan 4,5 litr), tahoratga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori bir mud (taxminan 1 litr)dir. Bunga istinjoga ishlatiladigan suv miqdori kirmaydi. Istinjoda toza bo‘lguncha suv ishlatiladi. Bunda suv miqdori belgilanmagan.

Demak, tahorat va g‘uslga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori qo‘shib hisoblanganda taxminan besh yarim litrdir. Agar shu miqdor suv yetsa, u bilan kifoyalanadi. Agar yetmasa, ehtiyojga qarab, isrof qilmay, suv miqdorini oshirish mumkin («Fatovoi olamgiriya»).

Avratni doimo yopish vojibdir. Avratni faqat xalo, istinjo kabi o‘zganing nazari tushmaydigan o‘rinlarda ochish gunoh emas.

G'usl qilishda to‘la yalang‘ochlanish, agar g‘usl qilish joyi kichik bo‘lsa, joiz. Biroq bu holda-da kindik va tizza oralarini berkitish er va ayollar uchun ham odobdir («Durrul muxtor»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.