background
logotype
image1 image2 image3

Zinodan qochish maqsadida xufyona nikoh o‘qitish mumkinmi?

Savol: Agarda bir ayol kishi zino qilmaslik maqsadida xufyona erga tekkan bo‘lsayu, ota-onasi uni boshqa kishiga majburan uzatib yuborsa. Shu holatda avvalgi eri bilan nikohi bor, lekin ota-onasi uzatgan kishiga ham nikoh o‘qitilsa, bu qanaqa bo‘ladi? Ayol kishi avvalgi eridan javobini olishi kerakmi? Yoki bu holatda yangi nikoh o‘qilganda avvalgi nikohi bekor bo‘lib ketadimi? Iltimos, ushbu masalaga oydinlik kiritib beringlar!

Javob: Bir erning nikohida bo‘la turib, boshqa erga nikoh o‘qitish aslo mumkin emasdir. Bunday nikoh bog‘lanmaydi. Bu ish harom ishdir. Agar u ayol bir erning nikohi bo‘la turib, “keyingi eri” bilan jinsiy aloqada bo‘lsa, zinokor bo‘ladi. Shuning uchun turmushga chiqqanini ota-onasiga bildirishi lozimdir. Bordi-yu, avvalgi eridan taloq olsa yoki avvalgi eri vafot esa, u ayol iddasi chiqqanidan so‘ng boshqa erga turmushga chiqishga haqli bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.