background
logotype
image1 image2 image3

Taloqning bir necha xili bor, deyishadi. Ular qaysilar?

SavolTaloqning bir necha xili bordeyishadiUlar qaysilarShu haqda to‘laroma'lumot bersangizlar.

JavobIkki xil taloq bor. Biri raj'iy taloq, ikkinchisi boin taloq. Boin taloq kichik boin va katta boin taloqlarga bo‘linadi.

1.Raj'iy taloq. Raj'iy taloq qilingan xotinning iddasi o‘tmagan bo‘lsa, nikoh hukmlari bekor bo‘lmaydi. Er-xotinlik davom etaveradi. Er idda ichida xotini rozi bo‘lmasa ham, nikohni yangilamay, u bilan er-xotinlikni davom ettirishga qaytishi mumkin. Ammo idda o‘tib qolsa, xotin eridan ajralgan bo‘ladi. Bu holda faqat xotin rozi bo‘lsa, nikohni yangilab, so‘ng er-xotinlikni davom ettirishi mumkin.

"Sen taloqsan", "Seni taloq qildim" kabi taloqqa ochiq dalolat qiluvchi iboralar bilan raj'iy taloq tushadi.

Taloqqa ochiq dalolat qiluvchi iboralar aytilganida taloqning tushishi niyatga bog‘liq bo‘lmaydi. Er bu iboralarni aytganida taloqni niyat qilsa ham, niyat qilmasa ham, taloq tushadi. Erning "Taloqni niyat qilmagan edim", deyishi e'tiborga olinmaydi.

Bu o‘rinda shuni unutmaslik kerak: bir yo ikki raj'iy taloq bo‘lsagina, er-xotinlikni qayta tiklash mumkin. Ammo uch taloqda qo‘yilgan xotin boshqaga tegib, undan shar'an ajralganidan so‘nggina avvalgi eri bilan qayta nikohlanishi mumkin, xolos. Zero, uch taloq katta boin taloqdir.

2. Kichik boin taloq. Er janjallashib turgan xotiniga "bor ket", "ko‘zimga ko‘rinma", "uyingga ket" kabi taloqdan kinoya bo‘lgan so‘zlarni aytib, taloqni niyat qilsa, boin taloq tushadi. Shuningdek, er hali qo‘shilmagan xotiniga taloqqa ochiq dalolat qiladigan so‘zlarni aytsa ham, boin taloq bo‘ladi. Shu kabi bir yo ikki boin taloq kichik boin taloq hisoblanadi.

Kichik boin taloq nikoh hukmlarini bekor qiladi. Faqat iddaga oid hukm qoladi. irtalariga kichik boin taloq tushgan er-xotin nikohni yangilab, so‘ng er-xotinlikni davom ettirishlari kerak.

3. Katta boin taloq. Uch taloq yo uchinchi taloq katta boin taloqdir. Katta boin taloq "taloqul bat" (qaytib bo‘lmas taloq) deb ham aytiladi. Bu xususdagi masalalar fiqh kitoblarida batafsil yoritilgan.

Katta boin taloq qilingan xotin eriga harom bo‘ladi. U boshqa er bilan shar'iy nikohdan o‘tib, turmush qurib, kelisholmay ajralsa yo ikkinchi eri o‘lsa, iddasi tugaganidan so‘ng birinchi eriga yangidan nikohlanishi mumkin, xolos.

Ba'zi erlar o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va kulfatdan boshqa narsa keltirmaydigan qiyinchilik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilofan taloqni ko‘p ishlatishadi yoki goho o‘zaro munosabat qilishlari qat'iy harom bo‘lsa-da, noshar'iy munosabat qilaverishadi. Bu ishlaridan ogoh bo‘lishsin.

Taloqni ermak qiluvchilarga qonun yo‘li bilan hatto eng past jazo va ta'zir belgilanganida edi, bunday yengiltaklar soni tezda kamayib, bu yaramas odat yo‘qolarmidi...

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.