Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi?
Savol: Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi?
Javob: Quyidagilar siz aytgan mahramlar qatoriga kiradi:
- ota-onaning, ularning ota-onalarining juftlari (ya'ni, o‘gay ota-onalar);
- farzandlarning juftlari;
- qaynona-qaynotalar, ularning ota-onalari (Bu mahramlikka nikoh bo‘lishining o‘zi kifoya, qovushish shart emas);
- er-xotinning boshqa oilalaridan bo‘lgan farzandlari har ikkalasi uchun ham mahramdir.
1.Nikoh tufayli mahram bo‘lgan ayollar:
- otaning nikohida bo‘lgan ayoli (u ham ona hukmida). U ayolning onalari, buvilari;
- o‘g‘illarning, nabiralarning xotinlari-kelinlar;
- xotinning onalari, ota-onalarining onalari. Bu ayollar nikoh o‘qilishi bilan mahramga aylanadi.
- o‘gay qizlar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning qizlari. Ya'ni, xotinning avvalgi oilasidan bo‘lgan qizlari. Bunda erkak ayol bilan qovushganidan keyingina o‘gay qizlar mahramga aylanadi.
2.Nikohi tufayli mahram bo‘lgan erkaklar:
- o‘gay otalar, ularning otalari (onasining u er bilan qovushganlik sharti bilan);
- qizlarning, nabira qizlarning erlari (bu mahramlikka nikohning o‘zi kifoya).
- erning otasi, erning ota-onasining otalari;
- o‘gay o‘g‘illar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari.
Nikoh tufayli mahram bo‘lgan zotlar emikdoshlik va zino sobit bo‘lganda ham mahramga aylanadi. Masalan, erkakka xotinining boshqa erdan bo‘lgan qizi va xotinining onasi harom bo‘lgani kabi xotinining emizgan qizi va emgan onasi ham haromdir. Shuningdek, zino qilgan ayolning qizi, onasi, emizgan qizi, emgan onasi ham abadiyan haromdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.