background
logotype
image1 image2 image3

Iddaning muddati qancha?

SavolEri taloq qilgan yoki o‘lgan ayol idda o‘tirishi kerak ekanIdda o‘zi nima va uningmuddati qanchaShular haqida kitob orqali javob berishlaringizni iltimos qilaman.

Javob«Iddat al-mar'a» - ma'lum vaqt, sanash, ayollar uchun belgilangan muhlat, degani. Shar'iy istilohda eri o‘lgan yoki eridan ajrashgan xotinlarga boshqa erga chiqishi mumkin bo‘lishi uchun o‘tashi shart bo‘lgan muhlat. Eri o‘lgan yo taloq qilingan ayollar idda muddati o‘tmagunicha boshqaga turmushga chiqishlari mumkin emas. Idda Qur'oni karim hukmi bilan sobit bo‘lgan. Idda muddati eri o‘lgan ayol uchun to‘rt oy-u o‘n kun, eridan ajralishgan va hayz ko‘rmaydigan ayol uchun - uch oy. Hayz ko‘radigan ayol iddasi uch hayzdir. Idda muddati ayolning o‘lgan yoki ajrashgan eridan homilasi bor-yo‘qligini aniqlash, eriga qayta yarashish imkoniyati berish bilan bog‘liq. Homilador ayolning iddasi u tuqqunicha bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.