Qazo bo‘lgan namoz vaqti kirgan namozdan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?
Savol: Qazo bo‘lgan namoz vaqti kirgan namozdan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?
Javob: Kim bir namozni o‘tkazib yuborsa, ya'ni biror sabab tufayli o‘qiy olmagan bo‘lsa, uni vaqti kirgan namozdan avval o‘qishi lozim. Masalan, asr namozini qazo qilgan bo‘lsa, uni shom namozidan oldin o‘qishi kerak. Ammo o‘qimagan (asr) namozini o‘qiydigan bo‘lsa-yu, keyingi namoz (ya'ni, shom) vaqti ham o‘tib ketadigan bo‘lsa, unda avval keyingi (shom) namozini o‘qib olib, so‘ngra o‘qimagan (asr) namozi qazosini o‘qiydi.
Agar besh vaqt namozlarni o‘tkazib yuborgan (ya'ni, qazo qilgan) bo‘lsa, ularni tartibi bilan (avval bomdod, peshin, asr va hokazo) qazosini o‘qishi kerak. Vitrni o‘qimagan bo‘lsa, bomdoddan oldin o‘qishi lozim.
Agar qazo namozlar oltita yoki undan ortiq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi hamda ular va vaqti kirgan namoz orasidagi tartib soqit bo‘ladi. Ya'ni, avval vaqti kirgan namozni o‘qish mumkin. Shuningdek, o‘tkazib yuborilgan namozlarning istaganidan boshlab qazolarini o‘qishi ham joiz bo‘ladi.
Vaqti kirgan namozini o‘qiyotib qoldirgan namozi yodiga tushib qolsa, shu vaqt namozi buziladi («Hidoya»).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.