background
logotype
image1 image2 image3

Qaysi vaqtlarda namoz o‘qib bo‘lmaydi?

Savol: Qaysi vaqtlarda namoz o‘qib bo‘lmaydi?

JavobUch vaqtda, ya'ni quyosh chiqayotganida (to bir yo ikki nayza ko‘tarilguncha), tik bo‘lganida va botayotganida (shu kungi asr namozidan boshqa) hech qanday namoz o‘qib bo‘lmaydi.

Tong otib quyosh chiqquncha va asr namozidan so‘ng shom namozi o‘qilguncha nafl va ikki rakatli tavof namozini o‘qish makruhdir. Shuningdek, imom xutba qilayotganida va iyd namozlaridan oldin ham nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.