background
logotype
image1 image2 image3

Qanday sajda qilinadi?

Savol«Sajdada yetti a'zo yerga tegadiular ikki oyoq panjalariikki tizzaikki qo‘l panja vakaftlari hamda peshona»deb o‘rgangan edikYaqinda bir birodarimiz «Burun ham tegibturishi kerak»dediDemaksakkizta a'zo bilan sajda qilinar ekan-da?

Javob: Sajdada peshona bilan burunni birga yerga tekkizish sunnat sanaladi. Sajdada burun suyagini uzrsiz yerga tekkizmaslik makruhdir. Peshona va burunning suyaklari bitta bo‘lganligidan ular bir a'zodir. Shuning uchun peshonada jarohat bo‘lganida faqat burun suyagini yerga tekkizib sajda qilish joizdir. Bu holda burunning yumshoq uch qismini erga tekkizsa, sajda hisoblanmaydi. Peshonani ham, burun suyagini ham erga tekkizib sajda qilishga mone' bo‘lgan uzrli holatda sajda imo bilan ado etiladi («Fatovoi  Olamgiriyya», «Halabi kabir»).

 

SavolBa'zilar sajdada bosh barmoqni ajratibboshqa barmoqlar bilan jipslamay sajdaqilishadiShu to‘g‘rimi?

Javob: Bunday qilish noto‘g‘ri, sunnatga xilofdir. Sajda chog‘ida barcha barmoqlarni juft qilib qiblaga qaratish sunnat bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.