background
logotype
image1 image2 image3

Qancha masofaga chiqqan musofir bo‘ladi?

SavolKitoblarda musofir bo‘lish masofasi turlicha keltirilganBuning boisi nimaUlarningqaysi biriga fatvo berilgan?

JavobKishining musofir bo‘lishi uchun belgilangan masofaning turlicha ko‘rsatilishiga sabab bir mavsumda dunyo mamlakatlarida kunlar uzunligining har xil bo‘lishidir. Aslida bundagi mezon yilning eng qisqa kunida o‘rtacha yurishda tongdan tushgacha yurib, so‘ng tonggacha dam olib, shu tartibda uch kunda bosib o‘tilgan yo‘l uzunligidir. Agar uch kunlik masofani soat hisobiga aylantiradigan bo‘lsak, bizning diyorlarda taqriban har kunda olti yarim soatdan uch kunda o‘n to‘qqiz yarim soatda bosib o‘tilgan yo‘l miqdoridir. Shuning uchun bir joyda bu masofa 15 farsax, boshqa joyda 18 farsax, yana bir boshqa joyda 21 farsax ko‘rsatilgan. Diyorimiz ulamolari o‘n besh farsaxlik masofadagi joyga borishni niyat qilib chiqqan kishi musofir bo‘ladi, deb fatvo berganlar («Raddul muxtor»). Bu masofa taxminan 90 kilometrga tengdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.