background
logotype
image1 image2 image3

Qachon boshlagan ma'qul?

SavolNamozda oyatlarni xato o‘qib qo‘ysanamoz fosid bo‘ladideyishadiShunday bo‘lsa,avval qiroatni o‘rganib, keyin namoz boshlash kerakmi?

JavobNamoz balog‘atga yetgan har bir mo‘minga farzi ayndir. U aqli bor hech bir musulmondan soqit bo‘lmaydi. Namozning o‘n ikki farzi bor. Ularning ba'zilari uzr sababli soqit bo‘ladi. Qiroat hukmiga kelsak, uni xatosiz qilinguncha namoz qoldirilmaydi. Namoz o‘qiladi. Ammo namoz uchun zarur bo‘lgan miqdordagi suralarni (oyatlarni) to‘g‘ri o‘qish uchun kecha-kunduz harakat qilish vojib bo‘ladi. Qiroatni to‘g‘irlamaslikka hech narsa uzr bo‘lolmaydi («Fatovoi Qozixon»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.