Namozning mustahab bo‘lgan vaqtlari ham bormi?
Savol: Namozning mustahab bo‘lgan vaqtlari ham bormi?
Javob: Besh vaqt namozning har biri aytilgan vaqtlarida o‘qilsa, o‘z vaqtida o‘qilgan hisoblanadi. Ammo bomdod namozini subhi sodiq kirganidanoq emas, balki tong yorishgach, o‘qish mustahab bo‘ladi. Bu muddat shunday belgilangan: bomdod namozini tugatganida quyosh chiqishiga yana tahorat olib, bomdod namozini o‘qishga yetadigan vaqt qolsin.
Peshin namozini qishda avvalgi vaqtida, yozda soya bo‘yga bir barobar bo‘lishidan avvalroq o‘qish mustahabdir.
Asr namozini barcha vaqtda, quyosh gardishida o‘zgarish boshlanmagan muddatgacha, kechroq o‘qish mustahab bo‘ladi.
Shom namozini hamisha quyosh botishi bilanoq o‘qish mustahab.
Qish kunlari xufton namozini tunning birinchi uchdan bir qismi o‘tganidan so‘ng, yoz kunlari esa ertaroq o‘qish mustahabdir.
Vitr namozini uyg‘onishga ko‘z yetsa, kechaning oxirida, subhi sodiqdan oldin o‘qish mustahab bo‘ladi. Ammo uyg‘onishga ko‘zi yetmasa, xufton namozidan so‘ng o‘qish mustahabdir.
Haj marosimidan boshqa vaqtda, Arafot tog‘i va Muzdalifa vodiyidan boshqa joyda bir namoz vaqtida ikki namoz jam qilib o‘qilmaydi.
Iyd namozining vaqti quyosh chiqib, ikki nayza barobarida ko‘tarilganidan to zavolgachadir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.