background
logotype
image1 image2 image3

Namozga doir fatvolar – 4-qism

241-FATVO

Nafl namozlarida tik turishga qodir bo‘la turib, o‘tirib o‘qishlikning karohiyati yo‘q. Shuningdek, namozni tik turgan holda boshlab, so‘ngra beuzr o‘tirib olsa ham Abu Hanifa (rh.) nazdida zarari yo‘q. Yana, naflni o‘tirgan holda boshlab, so‘ngra tik turib olsa ham karohiyati yo‘q.

«Olamgiriya», «Majmaul-bahrayn», «Muhit»

242-FATVO

Nafl namozini tik turib o‘qishga charchaydigan bo‘lsa, hassaga yoki devorga suyanib o‘qisa ham zarari yo‘q. Nafl namozlarini uzrsiz imo-ishora bilan o‘qishga ruxsat yo‘q.

«Olamgiriya», Hussomiyning «al-Jome as-sag‘ir»i, «Tatarxoniya»

243-FATVO

Nafl yoki farz namozida uzr sababli o‘tirib o‘qimoqchi bo‘lsa, qiroat paytida ikki tizzasini tikkalab, qo‘llari bilan oyoqlarini quchoqlab olgan holda yoki chordana qurib o‘tirgan holda o‘tirishi mumkin. Lekin imkoni boricha "tashahhud" o‘qiyotgan holatidek (cho‘kka tushib) o‘tirgani yaxshidir.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Hidoya»

244-FATVO

"Tatavvu'" namozini o‘tirgan holda boshlagach, qiroatdan so‘ng o‘rnidan turib qiyomdan ruku' qilmoqchi bo‘lsa, qiyomda o‘qish uchun qiroatdan gogina qoldiradi. Lekin bunday qilishi shart emas. Utirib o‘quvchi odam qiyom savobiga qisman bo‘lsa-da eg‘a bo‘lishi uchun turganda qomatini rost tutishi shart.

«Olamgiriya», «Xulosa»

245-FATVO

Bir masjidda ikki marta taroveh namozining o‘qilishi makruh hisoblanadi. Agar ikkinchi marta o‘qishni xohlasalar, jamoat holatida emas, balki yakka-yakka o‘qiladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Tatarxoniya»

246-FATVO

Bir kishining ikki masjidda taroveh namoziga to‘liq holda imomlik qilishi joiz emas. Ammo oddiy namozxon ikki masjidga qatnab, tarovehni ikki joydagi imomlarga iqtido qilib o‘qishi mumkin. Bunda vitr namozini birida o‘qigan bo‘lsa, ikkinchisida o‘qimaydi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Muzmarot»

247-FATVO

Agar uyida xuftan, taroveh va vitr namozlarini o‘kib olib, boshqa joydagi jamoatga imomlik niyati bilan taroveh o‘qib bersa, bu imom uchun makruh, qavm uchun makruh emas.

«Olamgiriya»

248-FATVO

Taroveh namoziga imomlik qilish ikki kishiga to‘g‘ri kelib qolsa, ikki rak'at salomidan keyin emas, balki 4 rak'at salomidan keyin o‘rin almashish mustahabdir,

«Olamgiriya»

249-FATVO

Tarovehga kech kelgan kkshi qolgan tarovehining qazosini o‘qib olay desa, vitrga iqtido qilishdan ham qoladi. Bunday holatda oddin vitrni, so‘ngra ulgurmagan taroveh rak'atlarini o‘qiydi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

250-FATVO

Xuftandak keyingi 2 rak'at sunnatni o‘qimay kelib, taroveh imomiga o‘sha sunnat niyati bilan iqtido qilsa, joiz hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

251-FATVO

Tarovehning birinchi rak'ati oldidan qilgan niyati 20 rak'atning oxirigacha kifoya qiladi; har 2 rak'at uchun niyatni yangilash shart emas.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Sirojiya»

252-FATVO

Tarovehda "Attahiyyot"dan keyingi salavotlar ham o‘qiladi. Mabodo imom salavotdan keyingi duoni o‘qish qavmga malol kelayotganini sezsa, uni tark etishi mumkin.

«Olamgiriya», «Nihoya»

253-FATVO

Taroveh va boshqa namozlarda imomning tez qiroat qilishi, arkonlarni shoshilinch bajarishi makruhdir. Qiroatni "tartil" bilan, ya'ni dona-dona qilib o‘qish tavsiya etiladi. Lekin qiroatni uzundan uzoq qilib, qavmni masjiddan bezdirib qo‘ymaslik kerak. Zero, uzun qiroatdan ko‘ra jamoatning ko‘p bo‘lgani afzaldir.

«Olamgiriya», «Sirojiya», «Muhit»

254-FATVO

Taroveh namozida Qur'oni karimni bir marta xatm qilish sunnatdir. Xatmni oyning 27-kechasida, ya'ni "Laylatul-qadr" kechasida tugatish lozim. 21-nchi yoki undan oldingi kechalarda tugatish makruhdir. Zero, mashoyixlarimiz Qur'oni karim oyatlarini 540 ruku'ga taqsimlab chiqqanlar va mushaf sahifalarining hoshiyalariga ruku'ga dalolat qiluvchi belgilarni yozib qo‘yishni joriy qilganlar. Har kecha 20 rak'atdan o‘qilganida 27-kechada 540 marta ruku' qilingan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

255-FATVO

Qur'oni karim xatmi "Laylatul-qadr" kechasida yoki undan oldin tugatilgan bo‘lsa ham, qolgan kechalarda taroveh o‘qish to‘xtatilmasligi lozim. Aks holda makruh ish qilingan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «as-Sirojul-vaxhoj»

256-FATVO

Bomdod yoki shom namozining farzini yakka holda o‘qiyotganida jamoat namozi barpo bo‘lib qolsa, qaraladi: agar endi bir rak'at o‘qigan bo‘lsa, darhol namozdan chiqib imomga iqtido qiladi. Bordi-yu, ikkinchi rak'atda bo‘lsa, qaraladi: agar sajda qilmagan bo‘lsa. namozini kesib, jamoatga qo‘shiladi. Bordi-yu, sajda qilgan bo‘lsa, namozini oxiriga yetkazaveradi. Lekin imomga nafl niyati bilan iqtido qilmaydi. Zero, bomdoddan keyin nafl o‘qish makruh bo‘lganidek, shomdan keyin ham uch rak'atli nafl o‘qish bid'at hisoblanadi. Mabodo iqtido qilsa, bir rak'at qo‘shib to‘rt rak'at qilib qo‘yadi. Zero, imomga muvofiq bo‘lishdan ko‘ra, sunnatga muvofiq ish qilish yaxshiroqdir.

«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

257-FATVO

Agar peshinning farzini yakka holda boshlaganda jamoat barpo bo‘lib qolsa, qaraladi: agar birinchi rak'atda bo‘lib, hali sajda qilmagan bo‘lsa, namozni kelgan joyidan to‘xtatib, imomga iqtido qiladi. Agar sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rak'at qo‘shib tugatib, so‘ngra jamoatga qo‘shiladi.

Shuni bilib qo‘yish kerakki, jamoatga takbir (iqomat) aytilgan paytda peshinning farzini endi boshlagan odam darrov namozini kesmasliga lozim. Balki, to imom kelib» tahrima takbirini aytgunga qadar ikki rak'atni tugatib qo‘yishi lozim.

«Olamgiriya», «Hidoya»

258-FATVO

Peshin farzidan uch rak'at yakka holda o‘qigandan keyin jamoat barpo bo‘lib qolsa, albatta, to‘rtinchi rak'atni ham o‘qib, so‘ngra imomga nafl niyati bilan iqtido qiladi. Faqat asr namozidan keyin bunday qilinmaydi. Ammo uchinchi rak'at sajdasini qilmagan bo‘lsa, xoh darhol o‘tirib salom berib tugatadi, xoh tik turgan joyida tahrima takbirini aytib, imomga iqtido qilaveradi. Tik turgan holda salom bermaydi. Lekin ba'zi fuqaholar bir tomoniga salom beradi, deb ta'kidlaganlari naql qilingan.

«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

259-FATVO

Bomdodning ikki rak'at sunnatini o‘qimagan odam imomni farz namozida topsa, qaraydi: agar sunnatni o‘qisa, farzdan bir rak'atga ulguradigan bo‘lsa, safdan uzoqroq joyda sunnatni o‘qib olib, so‘ngra imomga iqtido qiladi. Chamasida bir rak'atga ham ulgurmaydigan bo‘lsa, sunnatni tark etib, farzni o‘qish bilan kifoyalanadi. Sunnatining qazosi o‘qilmaydi. Uning qazosi faqat farzi bilan birga tark etilgan taqdirdagina o‘qiladi. Bomdod sunnatidan boshqa sunnatlarning qazosi aslo o‘qilmaydi.

«Muxtasar», «Olamgiriya», «Hidoya»

260-FATVO

Ulamolar ijmo' qilganlarki, imomga kech kelib iqtido qilgan kishi tahrim takbirini aytib bo‘lgunicha imom ruku'ga ketsa, u imomdan keyinroq ruku' qilsa ham shu rak'atni topgan bo‘ladi. Ammo imom ruku'dan boshini ko‘targan paytda ("qavma"da) iqtido qilgan bo‘lsa, shu rak'atni topmagan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

261-FATVO

O'qilmay tark etilgan farz namozlarining qazosi farz, vojib namozlarining qazosi vojib, sunnat namozlarining qazosi sunnatdir, garchi ular qasddan yoki sahvan yoxud uxlab qolib ado etilmagan bo‘lsa ham, shuningdek, ular oz yoki ko‘p miqdorda bo‘lsa ham. Illo, sunnat namozlarining qazosi o‘qilmasa ham kechirilishi umid qilinadi.

«Olamgiriya»

262-FATVO

Majnun bo‘lgan kishi zimmasiga sog‘aygach, majnunligidagi va undan oddingi sog‘ paytidagi tark etgan namozlarining qazosi lozim emas. Shuningdek, murtadlik paytida o‘qimagan namozlari, imon keltirgan, lekin namoz farzligini bilmay o‘gkazgan kunlaridagi namozlar qazosi ham o‘qilmaydi. Yana, behushliqdagi va bir kecha va kunduzdan ortiq imo-ishora bilan ham o‘qiyolmagan namozlarining qazosi ham o‘qilmaydi.

«Olamgiriya»

263-FATVO

Safarda o‘qilmay qolgan namozlarning qazosi safardan keyin ham qasr, ya'ni ikki rak'at o‘qiladi, O'z vatanida o‘qilmay qolgan namozlarning qazosi safarda bo‘lsa ham qasrsiz to‘liq o‘qiladi.

«Olamgiriya»

264-FATVO

Qazo namozlarini uch vaqtdan tashqari barcha qulay bo‘lgan paytlarda o‘qish mumkin. Uch vaqt - bu Quyoshning chiqish, uning qiyom (tush)ga kelgan va botish payti. Bu paytlarda hech qanday namoz o‘qilishi mumkin emas.

«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

265-FATVO

Qazo namozi jamoat bilan o‘qilsa, uchta jahriya namozlarida (bomdod, shom, xuftanda) imom qiroatni jahriy o‘qiydi. Yakka o‘qigan kishining qiroati xususida uch xil fatvo bor: ixtiyori o‘zida, jahriy o‘qish, maxfiy o‘qish.

«Olamgiriya», «Zahiriya», «Muxtasar»

266-FATVO

Vaqtiya namozlari bilan qazo namozlari o‘rtasida tartib rioyasi shartdir. Ya'ni qazo namozi o‘qilmagunicha vaqtiya namoz o‘qilishi mumkin emas. Shuningdek, 5 vaqt farzi bilan vitr o‘rtasida ham tartib shart. Masalan, vitr namozini o‘qimagani esida turib, bomdod o‘qisa, durust bo‘lmaydi. Unutish uzr hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Viqoya», «Qozixon»

267-FATVO

Peshin namozini esida yo‘q tahoratsiz o‘qigach, asr namozini tahorat qilib o‘qigandan keyin esiga tushsa, peshinni o‘zini qayta o‘qiydi. Zero, peshin unutish uzridan hisoblanib, tartib soqit bo‘ladi. Lekin Arafotda arafa kuni shunday holat yuz bersa, peshinga qo‘shib asrni ham qayta o‘qiydi. Zero u yerda o‘sha kuni asr peshinga tobedir.

«Olamgiriya», «Muhit»

268-FATVO

O'qilmay qolgan namozlar sonining ko‘pligi ularning o‘rtasidagi tartibni soqit qiladi. Masalan, "bir oylik namoz qazosini o‘qishda dastlab 30 ta bomdod, so‘ngra 30 ta peshin va hokazo boshqalarini ham shu kabi o‘qisa joizdir. Kazo namozlar o‘qilib, oxiri 6 tadan kam qolgan taqairda ham tartib tiklanmay turadi. Bu Abu Hafsi Kabir (rh.)ning fatvosidir.

«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

269-FATVO

Agar bir oylik namozlarni o‘qimagan bo‘lsa, so‘ngra ularning qazosini o‘qimasdan bir muddat vaqtiyya namozlarni o‘qib yuravergan bo‘lsa, ba'zi fuqaholar joiz emas, desalar, boshqalari joiz, deganlar. Fatvo joizligiga berilgan.

«Olamgiriya», «Kofiy»

270-FATVO

Asr namozini kech o‘qigan odamga Quyosh botgandan keyin biror kishi iqtido qilsa, qaraladi: agar imom muqim, muqtadiy musofir bo‘lmasa, iqtidosi durust bo‘ladi.

«Olamgiriya», "Yatima", «Tatarxoniya»

271-FATVO

Shofiiy mazhabiga mansub odam hanafiy mazhabiga o‘tgandan keyin qazosi o‘qilmagan oldingi namozlarini hanafiy mazhabiga muvofiq ravishda o‘qiydi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

272-FATVO

G'ayridin odam o‘z yurtida islomni qabul qilgan bo‘lsa-yu, lekin namoz, ro‘za kabi shariat ko‘rsatmalarini bilmagani uchun bajarmagan holda o‘lib ketsa yoki musulmonlar yashaydigan yurtga ko‘chib kelsa, uning zimmasiga mazkur ibodatlarning qazosi yuklatilmagan bo‘ladi.

Hasan ibn Ziyod (rh.)ning Abu Hanifa (rh.)dan qilgan rivoyatiga ko‘ra, islomni qabul etgan g‘ayridinga musulmonlardan ikki erkak yoki bir erkak bilan ikki ayol kishi shariat ko‘rsatmalaridan xabar bermagunicha uning zimmasiga hech narsa lozim bo‘lmaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

273-FATVO

Umr bo‘yi o‘qigan farz namozlarini ehtiyot yuzasidan qayta o‘qimoqchi bo‘lsa, ularda kamchilik va makruh amallar bo‘lgani uchun deb niyat qilishi va bomdod bilan asr namozlaridan keyin o‘qimasligi lozim. Zero, mabodo oldingi namozi qabul bo‘lgan bo‘lsa, keyingi o‘qigan namozi nafl hisoblanadi. Mazqur ikki vaqtda esa, nafl namozining o‘qilishi makruh sanaladi. Mazkur niyat bilan ikkinchi marta o‘qilgan namoz naflga aylanib qolish ehtimoli bo‘lgani uchun uning barcha rak'atlarida zamsura o‘qiladi.

«Olamgiriya», «Muzmarot», «Zaxiriya»

274-FATVO

Zimmasida qazo namozlari bo‘lgan kishi nafl namozlari bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga o‘sha namozlarni o‘qishga harakat qilgani yaxshidir. Lekin sunnat namozlar, choshgoh namozi, tasbih namozi va hadislarda targ‘ib etilgan, ma'lum sura va zikrlarni o‘qish tavsiya qilingan nafl namozlar bundan mustasnodir. Qazo namozlarni masjidda, jamoat joylarida emas, balki o‘z uyida o‘qishga harakat qilishi kerak.

«Olamgiriya», «Muzmarot», «Vajiz»

275-FATVO

Zimmasida qazo namozlari bor kishi o‘limi oldidan namozlari badaliga kafforat (jarima, fidya) berishni merosxo‘rlariga vasiyat qilib ketgan bo‘lsa, har bir namoz uchun yarim so', ya'ni 2 kg. bug‘doy, bir kunlik ro‘za uchun ham shu mikdorda bug‘doy marhumning qoldirgan merosining uchdan biridan ajratib beriladi. Agar meros qoldirmagan bo‘lsa, hiylai shar'iy yo‘li bilan kafforat ado etilishi mumkin. Bunda merosxo‘rlar bug‘doyni qarz olib, miskinga berishadi. Miskin uni yana ularga qaytarib hadya qiladi. Ular bu ishni yana takrorlaydilar. Shunday qilib, to qazo namoz va ro‘zalarining kafforati to‘la "ado" etilgunicha mazkur "davra"ni davom etdiradilar.

«Olamgiriya», «Xulosa»

276-FATVO

Zimmasida qazo namozlari bor kishi vasiyat qilmagan bo‘lsa ham merosxo‘rlari o‘z ixtiyorlari bilan fidyani ado etishlari mumkin.

Kafforatning hammasini bitta faqir yoki miskinga berish mumkin. Qasam, zihor (ayolini o‘z onasining a'zolaridan biriga tenglashtirish yo‘li bilan nikohga futur yetkazish) va ro‘za kafforati bir kishiga emas, balki belgilangan adadning hammasiga taqsimlanishi kerak.

«Olamgiriya», «Hujja»

277-FATVO

Namozdagi vojib sanalgan amallardan birortasi sahvan, ya'ni unutilib tark etilsa, namoz oxirida bir "tashahhud", bir salom va ikki sajda qilish bilan nuqson yopiladi. Bu sajda "sajdai sahv" deb ataladi.

Masalan, "Fotiha" surasidan keyin zamsura o‘qishni unutib, ruku'ga ketgan bo‘lsa, darhol qiyomga qaytib, surani o‘qiydi va qayta ruku' qilish bilan davom etadi hamda namoz oxirida sajdai sahv qiladi.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

278-FATVO

"Fotiha" surasidan oldin "Attahiyyot"ni o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. "Fotiha"dan keyin o‘qib qo‘ysa qiladi. Zero, zamsura o‘qish o‘rniga boshqa narsa o‘qish bilan vojib amalni kechiktirgan bo‘ladi. "Fotiha"dan oldin esa, sano o‘qiladigan mahaldir. Farz namozining uchinchi, to‘rtinchi rak'atlarida "Attahiyyot" o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi.

«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

279-FATVO

"Attahiyot"dan keyin "Fotiha" surasini o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. "Attahiyyot" o‘rniga "Fotiha"ni o‘qib qo‘ysa sajda qiladi. "Fotiha"dan keyin "Attahiyyot"ni o‘qisa ham baribir sajdai sahv qiladi. Bu Abu Hanifa (rh.)dan qilingan rivoyatdir.

«Olamgiriya», «Voqeot an-Notifiy»

280-FATVO

Birinchi qa'dada "Attahiyyot"ni takroran o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qiladi. Zero, bunda rukn, ya'ni qiyom ta'xir bo‘ldi. Oxirgi qa'dada takroran o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. Zero, bu maqom namozning oxiri bo‘lib, namozxon xohishiga qarab har qancha salavot va duolarni o‘qib, so‘ngra o‘z ixtiyori bilan namozdan chiqadigan mahaddir.

«Olamgiriya», «Tabyin», «Muzmarot»

281-FATVO

"Attahiyyot"ni o‘qishni unugib, salom bergandan keyin esiga kelsa, darhol uni o‘qib, sajdai sahv qiladi. Bu Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)larning so‘zlaridir.

«Olamgiriya», «Muhit»

282-FATVO

Qiyomga turish kerak paytida o‘tirib olsa yoki aksincha, o‘tirish kerak paytida turib ketsa, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Bunda esiga tushgan paytda yerga yoki qiyomga yaqin ekani e'tiborga olinadi. Masalan, qa'daga o‘tirishni unutib, turib ketayotganda esiga tushsa, qaraydi: agar yerga yaqin bo‘lsa, o‘tirib oladi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bordi-yu, qiyomga yaqin bo‘lsa, turib ketib, bunda ham sajdai yeahv qiladi.

Yerga yaqin yoki uzoq bo‘lshyani insonning belidan pastki qismiga nisbatan belgilaganlar. Masalan, pastki qismi oyoqlari bilan tik holatda turgan bo‘lsa, qiemga, tik holatda bo‘lmasa yerga yaqin deb hisoblaganlar.

Bir rivoyatda aytilishicha, ikki tizzasi uzra turganda esiga kelsa, qaytib o‘tiradi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bunda har ikki qa'da barobardir. Abu Yusuf (rh.)dan qilingan rivoyatga ko‘ra, ikki tizza yerdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib olaveradi, sajdai sahv qilmaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin», «Kofiy»

283-FATVO

Sajdai sahv jum'a, ikki hayit namozlari, farz va nafllarning hammasida qilinishi kerak. Lekin mashoyixlarimiz fitnaga sabab bo‘lmasin degan maqsadda jum'a bilan ikki hayit namozlarida sajdai sahv qilinmasligini lozim topganlar.

«Olamgiriya», «Muzmarot», «Muhit»

284-FATVO

Agar namozda "Auvzu..." yoki "Bismilloh..." yoxud "Omin"ni jahriy aytib qo‘ysa, sajdai sahv vojib oo‘lmaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

285-FATVO

Bomdod farzining oxiridagi qa'daga o‘tirgach, esida yo‘q uchinchi rak'atga turib ketib sajda qilgandan keyin esiga kelsa, to‘rtinchi rak'atni qo‘shib qo‘ymaydi. Zero, bomdoddan keyin nafl yo‘q. Ammo, ikki rak'atdan keyin o‘tirmay uchinchi rak'at sajdasini qilib qo‘ygan bo‘lsa, namozni qayta o‘qiydi.

«Olamgiriya», «Tabyin», «al Baxr ar-roiq»

286-FATVO

Bomdod farzidan oldin ikki rak'at sunnatdan boshqa nafllar makruh. Lekin asr namozidan oldin nafl o‘qish makruh bo‘lmagani uchun asrning oxirgi qa'dasida o‘tirmay turib ketib, beshinchi rak'atga sajda qilib qo‘ysa, yana bir rak'at qo‘shib olti rak'atli naflga aylantirib qo‘yib, so‘ngra asrni qayta o‘qib oladi.

«Olamgiriya», «Tabyin»

287-FATVO

Ramazon oyida vitrni jamoat bilan o‘qilayotganda imom qiroatni maxfiy o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

288-FATVO

Qur'oni karimda bizning hanafiy mazhabimiz bo‘yicha 14 ta sajda oyati bo‘lib, ulardan qaysi biri tilovat qilinsa, o‘qiganga.ham, eshitganga ham bitta sajda qilib qo‘yish vojib bo‘ladi. O'qiganda o‘zi yoki yakin turgan kishi eshitgan bo‘lishi shart. Lablari qimirlagani bilan ovoz chiqmasa sajda vojib bo‘lmaydi. Shuningdek, musulmon bo‘lmagan odam, majnun, norasidalar, hayz va nifosdagi ayollar o‘qisa ham sajda qilinmaydi.

«Olamgiriya», «Xulosa», «Zohidiy»

Izoh: Sajda oyatini ado etish uchun tahorat bilan qiblaga yuzlangan holda "Allohu akbar" deb qiyomdan sajdaga borshadi. Takbirni qo‘llarini ko‘tarmasdan aytadi. Sajdada uch marta tasbih aytgach, "A'yuhu akbar"deb boshini sajdadan ko‘taradi.

289-FATVO

Sajda oyatini o‘qimay yozgan kishiga sajda qilish vojib bo‘lmaydi.

«Olamgiriya», «Qozixon»

290-FATVO

Sajda oyatining fors tilidagi garjimasini o‘qiganga ham, eshitganga ham sajda vojib bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

Ming bir fatvo

Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.