background
logotype
image1 image2 image3

Namozga doir fatvolar – 3-qism

191-FATVO

Agar namozda bir vaqtning o‘zida uch marta tosh otsa yoki bit, burga, chivin kabilarni o‘ldirsa yoxud soqoli yo sochining uch tolasini bittadan yulsa namozi buziladi. Agar toshni qulochini keng ochib, kuchining boricha otsa bir martada ham namoz buziladi.

«Olamgiriya», «Zahiriya», «Tasharxoniya»

192-FATVO

Namozda turib uchta so‘z yozsa namoz buziladi. Undan kam bo‘lsa buzilmaydi. Agar havoga yoki o‘z badaniga barmog‘i bilan yozsa uch so‘zdan ko‘p bo‘lsa ham namoz buzilmaydi.

«Olamgiriya», «Xulosa», «Sirojiya»

193-FATVO

Namozning bir ruknida uch marta qo‘lini ko‘tarib yuzi, bo‘yni kabi joylarni qashisa namozi buziladi. Ammo qo‘lini bir ko‘targanicha uch marta qashisa namozi buzilmaydi. Lekin namozda beuzr qashinish makruhdir.

«Olamgiriya», «Xulosa»

194-FATVO

Namozda imomning oyoqlaridan ko‘ra muqtadiyning oyoqlari oldinga o‘tib ketsa, muqtadiyning namozi buziladi.

«Qozixon»

195-FATVO

Ayol kishi namozda bolasini emizsa, namozi buziladi. Agar bola o‘zi kelib, uch marta emsa, sut chiqsa yoki chiqmasa ham namoz buziladi. Bir-ikki marta emganida sut chiqmasa namoz buzilmaydi.

«Qozixon»

196-FATVO

Namozxondan tashqaridagi odam biror narsa so‘rasa yoki unga savol bersa, u boshi bilan «ha» yoki «yo‘q» ishorasini qilsa namozi buzilmaydi.

«Qozixon»

197-FATVO

Namozda turib, chiroqning piligini ko‘tarsa (hozirgi paytda lampa o‘chirgichini bossa) namozi buzilmaydi.

«Qozixon»

198-FATVO

Namozda ayol kishining boshidagi sochidan to‘rtdan bir qismining ochilib qolishi bilan namoz buziyaadi. Lekin bu miqdor uning quloqlari ustidagi qismidan hisoblanadi. Quloqlaridan pastga osilib turgan qismining ochilib qolishi namozni buzmaydi. Ammo erkaklar nazari tushishining taqiqlanishida quloq ustidagi bilan ostidagi sochlar barobardir.

«Qozixon»

199-FATVO

Imom Abu Yusuf (rh.) so‘ziga binoan ayol kishining oyoq boldirlari namozda avrat hisoblanmaydi. Bilaklari esa, qorni bilan barobardir. Abu Yusuf bilan Abu Hanifa (rh.)lardan yana shunday rivoyat borki, namozda ayol kishining bilaklari ham avrat sanalmaydi. Ya'ni, ikki bilaklari ochiq holda o‘qigan namozi durust hisoblanadi.

«Qozixon»

200-FATVO

Namoz ichida tahorati sinib qolgan kishi tahoratini yangilab kelib, namozining qolgan qismini davom ettirib o‘qishi mumkin. Lekin tahoratga doir ishlardan boshqa ish qilib qo‘ysa yoki istinjo qilayotganda avrati ochilib qolsa namozi buziladi. Shuning uchun namoz ichida tahorati singan kishi boshidan qayta o‘qigani afzaldir.

«Muxtasar», «Qozixon»

201-FATVO

Qabristonda Qur'on tilovat qilish xususida mujtaxidlar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa (rh.) buni makruh ish deb sanaganlar. Imom Muhammad (rh.) esa, makruh emas, deganlar. Mashoyixlarimiz Imom Muhammad (rh.)ning so‘zlarini olganlar va qabristonga qori o‘tqizib, Qur'oni karimdan ma'lum oyat va suralarni o‘qitab, buning mayyitlarga manfaati bor, deb umid qilganlar.

«Qozixon»

202-FATVO

Piyoda yurib ketayotib yoki biror kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan holatda Qur'oni karimni tilovat qilish joiz. Lekin yurish va ish tilovat qilishga xalal bermasligi shart. Aks holda makruh bo‘ladi.

«Qozixon»

203-FATVO

Fiqh ilmi bilan shug‘ullanib, biror narsa yozib turgan kishiga eshittirib qiroat qilgan qori gunohkor bo‘ladi. Zero, odamlar ish bilan mashgul bo‘lib turgan joyda qiroat qilish joiz emas. Qiroatni tinglash uchun ishini to‘xtatmagan mazkur kotib gunohkor bo‘lmaydi.

«Qozixon»

204-FATVO

G'ayridinlar Qur'on oyatlaridan saboq berishni yoki shariat ahkomlaridan o‘rgatishni talab qilsa, o‘rgatilaveradi. Lekin unga Qur'on kitobni ushlash mumkin emas. Agar g‘usl qilib ushlamoqchi bo‘lsa ruxsat beriladi.

«Qozixon»

205-FATVO

Namozda kiyimi, soqoli yoki badanining biror joyini o‘ynash yoxud sajda qilayotab kiyimining old tomonini orqaga yoki orqa tomonini oldiga tortish makruhdir. Ruku' qilayotganda badaniga yopishib qolmasligi uchun kiyimini qoqsa zarari yo‘q.

«Olamgiriya», «Me'roj»

Izoh: Bundan hozirgi davrimizda ba'zi tor shim kiyuvchilar ruku'dan sajdaga ketayotganida oyoqlariga yopishib qolib, qiyinlik tug‘dirmasligi uchun shimni ikki qo‘li bilan ushlab, tortib qo‘yishlariga ruxsat bordek ko‘rinadi.

206-FATVO

Namoz ichida peshonasiga yopishgan tuproq yoki xas-cho‘plarni beuzr qo‘li bilan silab tozalash makruhdir. Ammo namozga zarar beradigan darajada xalaqit beradigan bo‘lsa, tozalashi mumkin. Tashahhud va salomdan oldin tozalashi ham makruh emas. Shuningdek, peshonasidagi terni qo‘li bilan artishi ham makruh emas. Lekin namoz ichida bu kabi ishlarni ham qilmaslik avlodir.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

207-FATVO

Namoz ichida burni oqsa, uni yerga tushirgandan ko‘ra artgani avlodir.

«Olamgiriya», «Kunya»

208-FATVO

Farz namozlarda oyat va tasbehlarni qo‘l bilan sanab turish makruhdir. Ammo nafl namozlarda qo‘l bilan sanash ijmoan makruh emas. Faqat «Tabyin» kitobida bunga xilof gap bor. Zarurat holati bundan mustasno.

«Olamgiriya», «Tabyin», «Nihoya»

209-FATVO

Namozda qo‘l barmoqlarini bir-biriga kirishtirish, barmoqlarini qirsillatish makruh ishlardandir. Ba'zi ulamolar barmoqlarni qirsillatish namozdan tashqarida ham (odamlar orasida bo‘lsa) makruhdir, deganlar.

«Qozixon», «Zohidiy»

210-FATVO

Namoz ichida u yoq-bu yoqqa yuzini burib qarash makruhdir. Yuzini burmasdan ko‘zining qiri bilan qarasa zarari yo‘q. Osmonga qarash ham makruhdir.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin»

211-FATVO

Salla bo‘la turib, uni kiyishga erinib, boshyalang namoz o‘qish makruhdir. Ammo kamtarlik yuzasidan boshyalang o‘qisa makruh emas, hatto avlodir.

«Olamgiriya», «Zaxira»

212-FATVO

Boshga salla o‘raganida boshining o‘rtasini ochiq qoldirish namozda ham, namozdan tashqarida ham makruhdir.

«Olamgiriya», «Tabyin»

213-FATVO

Namozda esnashlik makruhdir. Agar uni qaytara olmasa, og‘zini qo‘li bilan to‘sadi. Ya'ni qiyomda bo‘lsa o‘ng qo‘lining, boshqa holatlarda chap qo‘li panjasining orqa tomoni bilan to‘sadi.

«Olamgiriya», «Zohidiy»

214-FATVO

Namozda kerishish, ko‘zlarini yumib olish, katta-kichik tahorati, yel qistab turganda namoz o‘qish makruhdir. Shunday holatlarda boshlagan namozini to‘xtatishi lozim. Agar to‘xtatmay namozni tugatsa, namozi hisobga o‘tsa-da, o‘zi gunohkor bo‘ladi. Lekin namozning vaqti ziq bo‘lsa, qazo qilgandan ko‘ra makruhlik bilan bo‘lsa-da, o‘qiyvergani afzaldir.

«Olamgiriya»

215-FATVO

Yakka namoz o‘qimoqchi bo‘lgan odam jamoat bilan o‘qiyotganlar safida turib o‘qishi makruxdir. Zero, bunda namozxonlarning turib o‘tirishidagi mutanosiblikka futur yetkazadi.

«Olamgiriya»

216-FATVO

Safning ortida yakka qolgan kishi o‘ziga saf orasidan joy topishi mumkin bo‘la turib, yakka turishi makruhdir. Agar safda joy bo‘lmasa, Abu Hanifa (rh.) dan qilingan rivoyatga binoan karohiyati yo‘q. Ammo saf ortida yakka turgandan ko‘ra oldindagi safdan bir kishini yoniga tortib olsa yanada yaxshi.

«Olamgiriya», «Muhit»

217-FATVO

Sajdaga borishda ikki tizzadan oldin yerga ikki qo‘lni qo‘yish va sajdadan turishda ikki qo‘ldan oldin ikki tizzani ko‘tarish uzrsiz bo‘lsa makruhdir.

«Olamgiriya», «Munya»

218-FATVO

Ruku' va sajdaga engashishda va boshni ko‘tarishda imomdan oldin harakat qilib, undan ilgarilab ketish makruhdir.

«Olamgiriya», «Muhit»

219-FATVO

Imomning qavmdan bir gaz va undan yuqori balandlikda yakka turib imomlikka o‘tishi makruhdir. Ammo yonida qavmning bir qismi bo‘lsa karohiyati ketadi.

«Olamgiriya», «Muhit»

220-FATVO

Ichida olov yonib turgan tandir yoki o‘choqqa yuzlangan holda namoz o‘qish makruhdir. Qandil yoki chiroqqa yuzlanib o‘qishning zarari yo‘q.

«Olamgiriya», «Muhit»

221-FATVO

Namozga kech kelib iqtido qilayotgan odamni sezib, uning ulgurishiga yordam bo‘lishi uchun imom namozni biroz cho‘zmoqchi bo‘lsa, qaraladi - agar kelgan odamni imom tanib cho‘zgan bo‘lsa makruh, tanimagan bo‘lsa zarari yo‘q. Cho‘zganda ham bir ikki tasbeh miqdorida cho‘zishga ruxsat etiladi.

«Olamgiriya», «Muxtorul-fatovo»

222-FATVO

Masjid binosini turli naqshlar va tillo suvi ishlatib bezash mumkin. Lekin naqsh va bezash ishlariga masjidning vaqf pulidan ishlatilmaydi, balki biror homiyning xususiy mulkidan sarf qilinadi. Masjidning vaqf mulkidan unyng qurilish ishlariga ishlatish mumkin. Agar mutavalli undan bezak ishlariga ishlatib qo‘ysa, puliga zomin bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Hidoya»

223-FATVO

Masjidni qurib, Allohning yo‘liga atagan kishi shu masjidning barcha obodonchilik, ta'mir ishlari, palosni qanday solishdan tortib qandillarni qaerga qanday ilish ishlarigacha bosh-qosh bo‘lishga o‘zgalardan ko‘ra haqliroqdir.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

224-FATVO

Vitr namozi xususida Abu Hanifa (Imom A'zam rh.)dan uch xil rivoyat naql qilingan. Birinchisi - uning farzligi. Ikkinchisi - uning sunnati muakkadaligi. Uchinchisi - uning vojib ibodat ekani. Shu uchinchi vojib ekani to‘g‘risidagi rivoyat ul zotning oxirgi so‘zlaridir.

«Olamgiriya», «Muhit»

225-FATVO

Vitr namozi qasddan yoki unitilgan hodda tark etilgan bo‘lsa, oradan qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham qazosi o‘qilishi kerak. Qazoda "Qunut duosi" ham o‘qiladi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Kifoya»

226-FATVO

Vitr namozidagi "Qunut duosi"ni o‘qishga tili yaxshi kelmaydigan yoki yod ololmayligan odam "Rabbano otino fiddunyo hasanatan va fil oxirati hasanatan vaqino azoban nor" oyatini bir marta yoki "Allohummag‘fir lano" jumlasini uch marta o‘qiydi. Bu Abul-Lays Samarqandiy (rh.) fatvosidir.

«Olamgiriya «Muhit», «Sirojiya^

227-FATVO

"Qunut duosi"ni o‘qimagani ruku'ga borganida esiga tushsa, uni ruku'da o‘qimaydi, qiyomga qaytib ham o‘qimaydi. Bordi-yu, qiyomga qaytib o‘qisa va ruku'ni ikkinchi marta qilmasa namozi buzilmaydi.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «al-Bahr ar-roiq»

228-FATVO

Vitr namozining uchinchi rak'atida zamsura qilmasdan ruku'ga ketgan bo‘lsa, qiyomga qaytib zamsura bilan birga "Qunut duosi"ni ham qayta o‘qiydi va namoz oxirida "Sahv sajdasi"ni qiladi. "Fotiha" surasini o‘qimay ruku'ga ketgan bo‘lsa ham xuddi shunday qiladi. Ruku'ni qayta qilsa ham, qilmasa ham bo‘laveradi.

«Olamgiriya», «as-Siroj al-vahhoj»

229-FATVO

Vitr namozini Ramazon oyida imomga iqtido qilib o‘qiyotgan odam "Qunut duosi"da ham unga ergashadi. Ya'ni duoni o‘qib ulgurmay turib imom ruku'ga ketsa, u ham duoni kelgan joyida to‘xtatib, imom ortidan ruku'ga ketaveradi Agar imom "Qunut"ni o‘qimay ruku'ga ketsa, qaraydi: agar imom ruku'dan bosh ko‘targunicha o‘qib ulgursa, "Qunut"ni o‘qib, so‘ngra ruku' qiladi. Ammo ulgurmaydigan bo‘lsa, duoni o‘qimasdan ruku'ga ketaveradi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

230-FATVO

Masbuq, ya'ni bir ikki rak'at kech kelib imomga iqtido qilgan kishi imom bilan birga "Qunut"ni o‘qiyveradi.Uchinchi rak'atda o‘qimaydi.

«Olamgiriya», «Munya», «Muzmarot»

231-FATVO

Masbuq imomni vitr namozining uchinchi rak'atida topib iqtido qilsa-yu, "Qunut"ni o‘qiyolmagan bo‘lsa, keyin ham o‘qimaydi.

«Olamgiriya», «Muhit»

232-FATVO

Fiqhga doir kitoblarning matnlarida yozilishiga ko‘ra, sunnat sanaluvchi namozlar quyidagilardir:

Bomdod farzidan oddin 2 rak'at.

Peshin farzidan oddin 4, farzdan keyin 2 rak'at.

Shom farzidan keyin 2 rak'at.

Xufton farzidan keyin 2 rak'at.

Jum'a namozidan oldin 4, keyin yana 4 rak'at.

Eng kuchli sunnat namozi bomdodning 2 rak'at sunnati. Undan keyin shomning 2 rak'ati, so‘ngra peshindan keyingi 2 rak'at, so‘ngra xuftanning 2 rak'at sunnati, so‘ngra peshinning 4 rak'at sunnati.

«Olamgiriya», «Tabyin»

233-FATVO

Dinimizning fuqaho va mashoyixlari aytibdurlarki, odamlarga doimiy ravishda fatvolar tayyorlab, savollariga javob berish bilan mashg‘ul bo‘lgan olim kishi bomdod namozining sunnatidan boshqa sunnat namozlarni o‘qimasligi joiz.

«Olamgiriya», «Nihoya»

234-FATVO

Peshinning 4 rak'at sunnatini o‘qishga ulgurmay imomga iqtido qilgan kishi farzdan keyin o‘qib oladi. Lekin 2 rak'at sunnatdak oldinmi yokya keyinmi ekanida ikki xil rivoyat bor: Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida 2 rak'at sunnatdan keyin, Imom Muhammad (rh.) nazdida esa, undan oldin o‘qiladi. Fatvo shunisiga berilgan.

«Olamgiriya», «Muhit», «Haqoiq», «as-Siroj al-vahhoj»

235-FATVO

Sunnat namozlarini haq deb e'tiqod qilgan holda o‘qimasa gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu, ularni haq deb bilmay, inkor etgan holda tark etsa, kofir bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhitp»

236-FATVO

Asrdan oldin hamda xuftan namozining farzidan oldin va keyin 4 rak'atdan nafl namozlari mavjuddir.

«Muxtasar», «Kanz», «Olamgiriya»

237-FATVO

Yana shunday namozlar borki, ularni o‘qish farz ham, vojib ham, sunnat ham emas, balki mazhab shiz bo‘yicha ixtiyoriy nafl namozlaridir. Ularni vaqti bemalol kishilar o‘qisa savob, o‘qimasa gunohi yo‘q. Ular asosan quyadagi namozlardir:

1. "Choshgoh namozi". Uning eng kami 2 rak'at, ko‘pi 12 rak'at bo‘lib, vaqti Quyosh chiqib, biroz qo‘tarilgan paytidan to peshin vaqti kirgunga qadar davom etadi.

2. "Tahiyyai masjid". U 2 yoki 4 rak'atli namoz bo‘lib, biror masjidga kirganda masjid hurmati uchun o‘qiladigan salomlashish namozidir. Bomdod va asr namozlaridan keyin masjidga kirgan kishi uni o‘qimaydi, balki tasbeh, tahlil va salavot o‘qisa ham masjid haqqini ado etgan bo‘laveradi. Shuningdek, masjidga farz namozini o‘qish niyatida kirgan kishi ham "tahiyya" o‘qimaydi. Yana, bir kunda bir masjidga ko‘p marta kirsa ham bir marta "tahiyya" o‘qisa kifoyadir.

3. "Shukri vuzu". U tahorat qilgandan keyin o‘qiladigan shukrona namozidir.

4. "Istixora namozi". U biror muhim ishni qilish yoki qilmasliqda ikkilanib qolgan kishi o‘qiydigan namozdir. Buning uchun xuftan namozidan keyin uxlashdan oldin ikki rak'at istixora namfini niyat qilib o‘qiydi. Tushida Allohning izni bilan qaysi yo‘l uning uchun foydali ekani ayon bo‘ladi.

5. "Hojat namozi". U ham 2 rak'at bo‘lib, biror hojatni ravo qilishiki Allohdan umid qilgan holda o‘qiladi.

6. "Tahajjud", ya'ni tungi namoz. U tunda uyqudan bedor bo‘lgan holda o‘qiladigan namoz bo‘lib, eng kami 2, ko‘pi 8 rak'atdir.

7. "Tasbeh namozi". U 4 rak'at bo‘lib, birinchi rak'atda "Subhonakallohumma..."dan keyin "Subhonallohi valhamdu lillohi valo ilohaillallohu vallohu akbar" jumlalarini 15 marta o‘qiydi. So‘ngra "Auzu..."dan keyin "Fotiha" surasi bilan "Takosur" surasini o‘qiydi. So‘ngra ruku'da mazkur jumlalarni 10 marta o‘qiydi. Qiyomga turganda ham ularni 10 marta, har sajdada 10 marta, ikki sajda orasida ham 10 marta o‘qiydi. Keyingi 3 rak'atni ham xuddi shu tariqa o‘qiydi. Faqat bu rak'atlarda "Asr", "Kofirun" va "Ixlos" suralarini "Fotiha"dan keyin zamsura sifatvda o‘qiydi. "Tasbeh namozi"ning vaqti peshindan oldindir.

8. "Tatavvu' namozlari". Ular kecha va kunduzning xohlagan soatida xohlagan miqdorida bo‘sh vaqtlarda o‘qilishi mumkin bo‘lgan namozlardir.

«Olamgiriya», «Fathul Qadir», «al-Bahr ar-roiq», «Muhit», «Mujarot», «Muxtasar», «Jomeur-rumuz», «Temirtoshiy», «al-Fath ar-Rahmoniy»

238-FATVO

Nafl namozlarni imkoni boricha jamoat joylarida va masjidlarda o‘qimaslik, balki o‘z uyida yoki xilvat joylarda o‘qishga harakat qilish, riyokorlik aralashib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi. Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa, farz o‘qilgan masjidda o‘qilishi kerak. Lekin sunnat namozlar farz o‘qilgan joydan bir qadam bo‘lsa ham boshqa joyga o‘tib o‘qilishi lozim. Bu imomga ham tegishlidir. Nafl namozini safda turib o‘qish o‘ta makruh ishlardan sanaladi.

«Olamgiriya», «Kofiy», «Nihaya»

239-FATVO

Bomdodning 2 rak'at sunnati va peshindan oldingi 4 rak'at sunnatni o‘qigandan keyin savdo-srtiq, yeyish-ichish kabi ishlarni qilsa, o‘qigan sunnat namozlari kuyib ketadi. Ularni qayta o‘qishi kerak bo‘ladi. Bir luqma ovqat yoki bir qultuad suv iste'mol qilish afv etiladi.

«Olamgiriya», «Xulosa»

240-FATVO

Farz namozidan keyingi sunnatni o‘qimay turib gapirib qo‘ysa, ayrim fuqaholar nazdida sunnat namozi soqit bo‘ladi. Ya'ni, o‘qigani bilan farzdan keyin o‘qilgan sunnat o‘rniga o‘tmaydi. O'tgan taqdirda ham o‘rtada gapirib qo‘ygani uchun savobi kamayadi.

«Olamgiriya», «Nihoya»

Ming bir fatvo

Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.