background
logotype
image1 image2 image3

Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta'siri haqida bayon etsangiz

Savol: Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta'siri haqida bayon etsangiz.

Javob:  Qur'oni karimni tajvid qoidasiga muvofiq  o‘qish har bir musulmonga farzdir. Xususan, namoz uchun lozim bo‘lgan miqdorni bexato o‘qish barcha namozxonga vojib.

Qiroatdagi xalal namozga ta'sir etadi. Ba'zi hollarda namozni fosid qiladi ham.

Xato nimalarda sodir bo‘ladi:

E'robda. Ya'ni, so‘z harakatlarida («a», «i», «u»),  madlarda, tashdidlarda xato bo‘lishi mumkin. Ya'ni, harakatlarni almashtirib, cho‘zilishi lozim o‘rinlarni qisqa qilib, ikki bir xil harfning birini tashlab o‘qish kabi xatolar.

Harflarda. Ya'ni, bir harf o‘rniga boshqasini talaffuz qilish yo tashlab ketish va qo‘shish kabi xatolar.

So‘zlarda va jumlalarda. Ya'ni, so‘zni tashlab ketish yo qo‘shish, o‘rinlarini almashtirish kabi xatolar.

To‘xtashda. Ya'ni, to‘xtash lozim bo‘lgan o‘rinlarda to‘xtamaslik yoki to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtash kabi xatolar.

Bu xatolar sababidan oyat yo so‘z ma'nosi asl ma'nodan keskin o‘zgarsa, namoz fosid bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.