background
logotype
image1 image2 image3

Namozda farzi xilofiya ham bor, deb eshitdim. Farzi xilofiya nima va u nechta?

Savol: Namozda farzi xilofiya ham bor, deb eshitdim. Farzi xilofiya nima va u nechta?

Javob: Farzligi masalasida mazhabimiz mujtahidlari yakdil bo‘lmagan amal farzi xilofiya, deyiladi. Namozda ikkita farzi xilofiya bor. Ular namozdan ixtiyor bilan chiqish va ta'dili arkondir.

Namozning barcha arkonlarini ado etgan kishi undan o‘z ixtiyori bilan salom berib chiqishi kerak. Shunga asosan, namozning barcha arkonlarini ado etib bo‘lgach, salom bermasdan oldin o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda tahorati sinib qolsa, namozi buzilgan bo‘ladi.

Ta'dili arkon deyilganda ruku, sujud, qiyom va jalsalarni maromida ado etish tushuniladi. Mazkur ijtihodga muvofiq, ta'dili arkon etmagan kishining namozi ham nomaqbuldir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.