background
logotype
image1 image2 image3

Namoz vaqti qachon kiradi?

SavolNamozni vaqtida o‘qish farz hisoblanadiAmmo peshin va asr namozlari vaqti faslgaqarab turlicha bo‘ladideyishadiShuni to‘larotushuntirib bera olmaysizlarmi?

JavobBomdod namozining vaqti subhi sodiqdan quyosh chiqqunichadir. Sharqiy ufqda ko‘ndalang bo‘lib ko‘ringan yorug‘lik subhi sodiqdir.

Peshin namozining vaqti zavoldan har bir narsaning soyasi o‘z bo‘yining ikki barobariga yetgunchadir. Zavoldagi soya bunga kirmaydi.

Quyosh og‘ishga kelgan vaqti «zavol», deyiladi. Zavoldagi soya turli joylar va oylarda turlichadir. Bizning diyorda har bir kishining zavol vaqtidagi soyasi o‘z qadami (oyoq-tovondan panjalar uchigacha) bilan o‘lchanganida: saratonda bir yarim, asad oyida ikki yarim, sunbulada uch yarim, mezon oyida besh yarim, aqrab oyida yetti yarim, qavs oyida to‘qqiz yarim, jadiyy oyida o‘n yarim, dalv oyida sakkiz yarim, hut oyida olti yarim, hamal oyida to‘rt yarim, savr oyida uch yarim, javzoyida esa ikki yarim qadam bo‘ladi. Odatda har bir odam bo‘yi o‘z qadami bilan yetti qadam bo‘ladi. Binobarin, deylik, hut oyida kishining soyasi o‘z qadami bilan yigirma yarim qadamga yetsa, peshin namozining vaqti chiqqan hisoblanadi. Ya'ni, yettining ikki barobari o‘n to‘rt qadam, unga hut oyidagi asliy soyasi miqdori - olti yarim qadam qo‘shilsa, jami yigirma yarim qadamdir.

Asr namozining vaqti peshin namozi vaqti tugaganidan boshlab, to quyosh botgunchadir.

Shom namozining vaqti quyosh botishi bilan boshlanadi va g‘arbiy ufqda qizil shafaq yo‘qolguncha davom etadi.

Qizil shafaq yo‘qolganidan so‘ng xufton namozining vaqti kiradi. Subhi sodiqqacha xufton namozini o‘qisa bo‘ladi.

Vitr namozining vaqti xufton namozining vaqtidir. Ammo vitr namozini xufton namozidan so‘ng o‘qish vojib. Xufton namozini o‘qimasdan vitr namozini o‘qish mumkin emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.