background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘pincha masjidlarda ba'zi namozxonlar namoz chog‘ida qashinishadi, hashoratlarnio‘ldirishadi. Bunday amallar namozga xalal yetkazmaydimi?

SavolKo‘pincha masjidlarda ba'zi namozxonlar namoz chog‘ida qashinishadi, hashoratlarnio‘ldirishadiBunday amallar namozga xalal yetkazmaydimi?

JavobNamozning bir ruknida uch marta qo‘lini ko‘tarib, yuzi, boshi, bo‘yni kabi joylarni qashisa, namozi buziladi. Lekin qo‘lini bir marta ko‘targanicha uch bora qashlansa, namozi buzilmaydi. Biroq namozda uzrsiz qashinish makruhdir.

Agar namoz ichida bir vaqtning o‘zida uch marta burga, pashsha, chivin kabilarni o‘ldirsa, namozi buziladi. Lekin ilon, chayon o‘ldirsa, buzilmaydi. Ammo ularning boshqalarga zarar yetkazmasligi ehtimoli bo‘lsa, ularni o‘ldirishga urinishi makruhdir.

Namoz chog‘ida yuzining o‘zini u yoq-bu yoqqa bursa, namoz buzilmaydi, ammo bu makruhdir. Shuningdek, biror narsaga ko‘z qiri bilan qarash ham namozni buzmaydi. Ammo ko‘kragi bilan birga burilsa, namoz buziladi («Fatovoi Olamgiriya», «Xulosa»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.