background
logotype
image1 image2 image3

Istisqo nima,

SavolIstisqo nimashu haqda ma'lumot berolmaysizlarmi?

JavobAlloh taolodan istig‘for tilab, yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab duo qilish «istisqo», deyiladi. Istisqoda jamoat bilan namoz o‘qish sunnat emas, har kim tanho o‘qishi mumkin. Istisqoga chiqishdan oldin sadaqa beriladi. G'aribona kiyinib, boshlarni quyi solgan holda bolalar, keksalar, bolali hayvonlar shahar yoki qishloq tashqarisiga uch kun ketma-ket olib chiqiladi. Imom tik turib qiblaga yuzlangan holda qo‘lini ko‘tarib, istisqo (yomg‘ir so‘rash) duosini o‘qiydi. Boshqalar qiblaga qarab o‘tirgan joylarida «omin», deb turishadi. Istisqo odatda daryo va ko‘llari yo‘q joyda ado etiladi. Agar daryo va ko‘llarda suv kamayib ketsa ham, u yerdagilar istisqo qilishadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.