background
logotype
image1 image2 image3

Amali kasir nima?

SavolNamozni amali kasir buzadideyilganShu haqda to‘laroma'lumot bersangizlar.

JavobBu haqda «Fatovoi olamgiriya», «Fatovoi Qozixon» kabi fiqx kitoblarida keltirilgan bo‘lib, quyidagilar amali kasir hisoblangan va ular namozni buzadi, deb aytilgan:

- Odatda salla o‘rash kabi ikki qo‘l yordamida bajariladigan ishlar. Namozda bu kabi ishni bir qo‘li bilan qilsa ham, namozi buziladi. Ammo tushib ketgan do‘ppisini olib kiysa, namozi buzilmaydi, chunki bu bir qo‘l bilan bajariladi.

- Namozxon o‘zi ko‘p ish, deb hisoblagan amallar.

- Namozxonning harakatlarini tashqaridan ko‘rgan kishi u namozda emas, deb shak qilmaydigan holatlar.

- Namozda bir vaqtning o‘zida uchta bit, burga, chivin, pashsha kabilarni o‘ldirsa yoxud sochi, soqolining uch tolasini bittadan yulsa, namozi buziladi.

- Namozning bir ruknida uch marta qo‘lini ko‘tarib yuz, bo‘yin kabi joylarini qashisa, namozi buziladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.