background
logotype
image1 image2 image3

Tobut qanday ko‘tariladi?

Savol: Hurmatli «Dinda savolim bor...»ning xodimlari, iltimostobutni ko‘tarish va mayyitnidafn qilish tartibi haqida ma'lumot bersangiz.

JavobTobutning to‘rt dastagidan to‘rt kishi yelkalariga qo‘yib ko‘tarishi sunnatdir. Bir paytning o‘zida to‘rtdan ortiq kishilarning tobutga yopishib olishlari sunnatga xilofdir. Tez-tez almashganda ham ko‘taruvchilar soni to‘rtdan oshib ketmasligi kerak.

Tobutni ko‘taruvchilar chayqalmaydigan darajada tez yuradilar.  Qolganlarning tobut ortidan yurishlari fazilatlidir. Oldinga o‘tib olib, saf tortib yurishlari sunnatga xilofdir. Qabristonga borganda tobut yerga qo‘yilguncha o‘tirilmaydi. Tobut yerga qo‘yilgach, tik turish makruhdir.

Ayol mayyitni uning mahrami qabrga qo‘yishi a'loroqdir. Ayolni qo‘yishda usti to‘sib turiladi. Mayyitni qabrga qo‘yuvchi «Bismillahi va ‘ala millati rasulillahi», deyishi kerak.

Mayyit qabrga qo‘yilgach, kafan ochilib ketmasligi uchun bog‘langan bog‘ichlar yechib qo‘yiladi. Qabrda mayyit yuzi qiblaga burib qo‘yiladi.

Qabr ustiga binolar qurish va yozish makruhdir. «Mayyitni Alloh taolo mag‘firat qilsin, rahmatiga olsin, sizga sabr bersin», deb ta'ziya bildirish mustahabdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.