background
logotype
image1 image2 image3

Mayyit qanday kafanlanadi? Erkak va ayolni kafanlashda qanday farq bor?

SavolMayyit qanday kafanlanadiErkak va ayolni kafanlashda qanday farbor?

JavobMayyitni kafanlash farzi kifoyadir. Er kishilarning kafani uchtadir: izor, qamis va lifofa. Izor boshdan-oyoqqacha, lifofa undan biror qarich uzun, ularning enlari mayyitni o‘raydigan darajada bo‘ladi. Qamis bo‘yiga teng ikki buklanib, o‘rtasi bo‘yin kirish uchun erkaklarga eniga, ayollarga uzuniga yirtilgan, uzunligi mayyit bo‘ynidan oyog‘igacha, eni mayyit badanini yopadigan bo‘ladi.

Ayollarning kafani beshta: qamis, izor, lifofa, ximor va xirqadir. Ximor ayol boshiga kiygiziladi. Ximor eni bir qarich, uzunligi bir metrga yaqin matodir. Xirqa ayol ko‘kragidan tizzasigacha bo‘lgan enli mato. Kafanlash tartibi shunday: erkaklarga avval qamis kiygiziladi, so‘ng izorga qo‘yiladi. Izorning avval chap tomoni o‘raladi, so‘ng o‘ng tomoni o‘raladi. Izordan so‘ng lifofa ham shu tartibda o‘raladi. Kafan yoyilib ketmasligi uchun ikki boshi va o‘rtasidan bog‘ich bilan bog‘lab qo‘yiladi.

Ayollarga ham avval qamis kiygiziladi va sochlari ikki o‘rim qilib, uning ustidan ko‘kragiga qo‘yiladi. So‘ng ximor paranjiga o‘xshatib yoyib boshiga yopiladi. Keyin izor va lifofaga mazkur tartibda qo‘yiladi. Lifofa ustidan xirqa o‘raladi. Kafanning oq matodan bo‘lishi mustahabdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.