background
logotype
image1 image2 image3

Janoza namozini o‘qishga kim haqli?

Savol: Janoza namozini o‘qishga kim haqli? Janoza namozining ba'zi takbiriga ulgurmagan kishi qanday qo‘shiladi va o‘qiydi?

Javob: Janoza namozini o‘qishga eng birinchi sulton haqlidir. Sultondan so‘ng uning noibi, qozi, jamoat imomi va mayyit asabalari (ota, o‘g‘il, nabira) keltirilgan tartibda haqdordirlar. Binobarin, agar marhum boshqa odamga vasiyat qilgan bo‘lsa ham, inobatga olinmaydi. Shu jumladan, mayyit egalari ham bu tartibga daxl qila olmaydilar.

Janoza namozining ba'zi takbiridan kechikkan kishi hazrat Abu Yusuf (r.a.) qavllariga ko‘ra, kelgan zahoti takbir aytib janoza namoziga qo‘shiladi. Imom salom berganidan so‘ng tobut yerdan ko‘tarilguncha qoldirgan takbirlarini aytadi. Bunda hech narsa o‘qimaydi («Hadiyyatus-su'luk»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.